Davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, samarali innovatsion loyihalar va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun bir guruh xorijliklar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Jumladan:

Gurjiy Stepan Leonidovich - Rossiya «Lukoyl» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha vitse-prezidenti;

Muxammad Abunayyan - Saudiya Arabistoni «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi;

Muxammad Jamil Ar-Ramaxiy - Birlashgan Arab Amirliklari «Masdar» kompaniyasi bosh ijrochi direktori;

Jyemil Qozonji - Turkiya «Aksa Energy» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi;

Mexmet Jyengiz - Turkiya «Cengiz Holding» kompaniyasi asoschisi;

Shandor Chani - Vengriya «OTP Bank» boshqaruvi raisi;

Sayfulloh Qosimiy — AQSh «Air Producs» kompaniyasi boshqaruvi raisi;

Peris Muroto‘g‘li - Fransiya «Total Eren» kompaniyasi boshqaruvi raisi.