23 avgust kuni Tver oblastida Yevgeniy Prigojinga tegişli bölgan biznes-jyet halokatga uçradi. Rosaviatsiya ma’lumotlariga köra, biznesmen ham yölovçilar röyxatida qayd etilgan, ammo u çindan ham bortda bölgani hozirgaça uzil-kesil tasdiqlanmagan. Hozirça samolyot halokatlari sabablari ham aniq emas.

Yevgeniy Prigojin 24 iyun kuni, isyon yakunlanganidan keyin Rostov-na-Dondni tark etmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Samolyot Prigojin kötargan isyondan roppa-rosa ikki oy vaqt ötgan kunda quladi. 24 iyun kuni u özi tomonidan tuzilgan «Vagner» XHK bölinmalari Moskva tomon «adolat marşi» boşlaganini xabar qilgandi. Isyonçilar deyarli heç qanday qarşilikka uçramasdan bir neça yuz kilometr masofani bosib ötadi. Ammo keyin Prigojin kutilmaganda «marş» yakunlanganini e’lon qiladi. Xabarlarga köra, «Vagner» XHK yurişini töxtatiş töğrisidagi qaror Prigojinning Aleksandr Lukaşenko bilan muzokaralaridan keyin qabul qilingan. Göyoki ular «Vagner» XHK safida qolişga qaror qilgan yollanma jangçilar Belarusga yöl olişi, qolganlar esa harbiy xizmatdan böşaşi yoki Rossiya mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşi böyiça kelişib olişgan.

Isyondan keyin Prigojin ma’lum vaqt mobaynida axborot maydonidan ğoyib bölgandi. U Sankt-Peterburgda körişgani haqida xabarlar çiqib turdi (bu xabarlar tasdiqlanmadi). Parvozlarni kuzatiş bilan şuğullanuvçi servislar Prigojinga aloqador bölgan samolyotlar Belarusga uçganini körsatardi, ammo samolyot bortida «Vagner» rahbari ham borligi noma’lumligiça qolardi.

Iyun oyi oxirida Prigojin Kremlga kelgan va RF prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşgan.