Maqsud Ollaberganovich Xudoyberganov Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelgan.

28 avgust kuni boshqarmada yig‘ilish o‘tkazildi va Maqsud Xudoyberganov tayinlovi e’lon qilindi.