«Yandeks» asosçisi, milliarder Arkadiy Voloj Yevropa Ittifoqidan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tufayli öziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilişni söradi, deb yozadi Financial Times 27 avgust, yakşanba kuni vaziyat bilan taniş bölgan ismi oşkor etilmagan suhbatdoşlariga tayanib. 

Jurnalistlarning eslatişiça, Voloj advokatlari YeIga yuborgan rasmiy sörov tadbirkor 10 avgust kuni Rossiya tomonidan qöşni davlatga qarşi boşlangan uruşni qoralaganidan bir neça kun ötib yuborilgan. Ularning fikriça, Bryusselning munosabati endi YeI «Kreml bilan aloqalarini buzgan rossiyaliklarni rağbatlantirişi yoki bunday qilmasligini» körsatadi. Bu masala sentabr oyida YeIda muhokama qilinişi kutilmoqda. 

Volojning Ukrainadagi uruş böyiça bayonoti 

Arkadiy Voloj 10 avgust kuni 2022 yil 22 fevraldan beri birinçi marta Ukrainadagi uruş böyiça öz pozitsiyasini bildirdi. «Men Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga qat’iyan qarşiman, u yerda mening ham döstlarim va qarindoşlarim bor. Ukrainaliklarning uylariga har kuni bombalar uçib kelayotgani meni dahşatga solmoqda. 2014 yildan beri men Rossiyada yaşamagan bölsam ham, mamlakat harakatlari uçun mening ham mas’uliyatim borligini tuşunaman», deyiladi tadbirkorning The Bell naşriga taqdim etilgan bayonotida. 

Voloj Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari haqida gapirmaganiga «köp sabablar» borligini ta’kidlab ötdi, ammo ular qanday ekanini oçiqlamadi. «Siz mening bayonotimning dolzarbligi haqida bahslaşişingiz mumkin, lekin uning mohiyati haqida emas», - dedi tadbirkor. 

Arkadiy Voloj 2000 yilda Ilya Segaloviç bilan birgalikda «Yandeks» kompaniyasiga asos solgan. Segaloviç 2013 yilda vafot etgan. 2022 yilda Voloj Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ostida qoldi, şundan söng «Yandeks»dagi barça postlarini tark etdi. 2022 yil mart oyida Voloj dollardagi milliarder maqomini yöqotdi. 

2022 yil noyabr oyida «Yandeks» biznesni boşqariş tuzilmasini özgartiriş va aktivlarni böliş haqidagi taxminiy niyatini e’lon qildi. Rossiya biznesi alohida kompaniyalar guruhiga bölinadi, ulardan Niderlandiyaning Yandex N.V. ajralib çiqib, öz nomini özgartiradi. Ötgan yilning oxirida Voloj «Yandeks» xodimlari bilan xayrlaşib, «Yandeks holdingidan taşqarida rivojlanişi mumkin bölgan törtta xalqaro startapga maslahat berişdan manfaatdor ekanligini» ta’kidladi.