Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida to‘xtaldi.

Kelgusi yilda Investitsiya dasturi doirasida maktablar qurilishiga 3 trillion so‘m ajratiladi. Buning hisobiga 150 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Bunda asosiy e’tiborni 2 koeffitsiyentdan yuqori quvvatda ishlayotgan 595 ta maktabni kengaytirishga qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga bir oy muddatda maktablarga chetdan 1 milliard dollar (taxminan 12 trillion so‘m) jalb qilish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar va loyiha takliflarini tayyorlab, xorijiy va xalqaro moliya tashkilotlari bilan amaliy ishlarni boshlash topshirildi.