Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi Özbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini ta’minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq taşkil etilib, jamğarma öz faoliyatini Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 noyabrdagi “Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori asosida olib boradi.

Jamğarmaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, şu jumladan, oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam körsatiş, oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandçilikni taşkil etiş, mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar böyiça bilim hamda könikmalarni egallaşda ularga kömaklaşiş va rağbatlantirişdan iborat.

Şuningdek, jamğarma öz oldiga bir qator ustuvor vazifalarni belgilab olgan. Inçunin, xotin-qizlarning tadbirkorlik taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş uçun tijorat banklariga resurs mablağlarini belgilangan tartibda joylaştiriş, xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar böyiça bilim va könikmalarni egallaşlari uçun zarur şaroitlar yaratiş bilan boğliq tadbirlarni moliyalaştirişga kömaklaşiş yetakçi vazifalaridandir. Şu bilan birgalikda, xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, soğliğini saqlaş, xotin-qizlar sportini rivojlantiriş, ularning mehnat va öqiş şaroitlarini yaxşilaş bilan boğliq tadbirlarni moliyalaştirişga kömaklaşiş şular jumlasidan.

Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi tomonidan respublikada oğir turmuş şaroitida yaşayotgan, nogironligi bölgan xotin-qizlarni nogironlik aravaçasi va boşqa reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlaş borasida amaliy işlar tizimli yölga qöyilgan. Bu borada amalga oşirilayotgan ezgu amallar bevosita yurtboşimiz taşabbuslari, şuningdek, boş vazir örinbosari Zulayho Mahkamova hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Ozoda Parpiboyevalarning kömaklari asosida amalga oşirilmoqda. Xususan, joriy yilning iyul-avgust hisobiga köra yurtimizdagi ijtimoiy-himoyaga muhtoj bölgan 2 587 nafar xotin-qizlarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi. Şundan, 1 125 ta nogironlik aravaçasi, 778 ta eşitiş moslamasi, 559 ta hassa va qöltiqtayoq hamda 125 ta közi ojizlar hassasi, yuriş moslamasi kabi vositalar öz egalariga topşirildi.

– Ança yillardan buyon yuriş imkoniyatim çeklanib qolgan edi. Meni yöqlab poytaxtdan kelgan mehmonlar: “Şu mahallada aylanib yursin”, – deya arava olib kelibdi. Bundan könglim toğdek kötarildi. Ilohim, yurtimiz tinç, xalqimiz soğ-salomat bölsin. Şunça yöl bosib meni yöqlab kelibdi, ularni har doim xudo yöqlasin! – deydi öz duolarida Jizzax viloyati “Xalqobod” MFYda yaşovçi 92 yoşli Qumri aya Qayumova.

– Farzandim neça yillardan buyon oğir xastalik sabab töşakka mixlanib qolgan. Uning bir dardini körib, özim ming dard bilan yaşayapman. Farzandi betob bölib, tunlarini bedor ötkaziş qismatini har bir ayol yaxşi his etadi. Biroq davosi muşkul bölgan dardga çalingan jigarporasining közlariga termilib umr ötkaziş azob. Bir kun bölsa ham hayotning gözalligini, quyoş taftini, tabiat nafasini his etib yaşaşi uçun bolamga har qanday şaroit qilişga tayyorman. Biroq dori-darmonning özi ham ança pul bölib ketadi. Farzandimni hovlida aylantirib yuriş uçun nogironlik aravaçasi ançadan buyon zarur edi. Yurtboşimizning e’tibori bilan mutasaddi taşkilot vakillari şunça yöldan bizdan hol sörab kelibdi. Öğlim uçun nogironlik aravaçasi keltirgani könglimga çiroq yoqqandek böldi. Ilohim hamma onalarning farzandi soğ bölib, köpning bolasi qatori öğlim ham tezroq oyoqqa turib ketsin. Biz uçun qilgan bu xayr-saxovat egalarining Olloh umrini ziyoda qilsin, – deydi Navoiy viloyati Karmana tumani “Ziyokor” MFYda yaşovçi fuqaro Hanifa Doniyorova.  

 DARDLARGA DARMON ISTAB

Dunyo gözalliklarini özida mujassam etgan bir xilqat borki, u bilan xonadonimiz fayzli, qalbimiz nurafşon. Uning hayotimizda borligi baxt bölsa, jamiyatda öz örnini topa olişi kerakligini his etib yaşaşi kelajak-avlod ta’lim-tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero soğlom farzandlarni soğlom onalargina tarbiyalay oladi.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini ta’minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan Xotin-qizlar muammolarini hal etiş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça Respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan hududlarda ayollar muammolarini tizimli va manzilli ravişda örganiş hamda hal etiş doirasida röyxatlar şakllantirilgan. Uşbu röyxatlar asosida Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi hisobidan maxsus jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş orqali davolanişga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar röyxatidagi hamda “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarning davolanişi uçun mablağlar ajratib kelinmoqda.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini örganiş va hal etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq “Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan (qaramoğida I guruh nogironligi bölgan farzandlari yoşidan qat’i nazar) farzandlariga davolaş, dori vositalari olib beriş yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uçun mablağ zarur bölgan holatlarda tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasi xulosasi va sektor rahbari tavsiyasi bilan tibbiy muolaja xarajatlarini “Ayollar daftari” jamğarmasi va Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi mablağlari hisobidan tölab beriş közda tutilgan.

Mana şu xayrli işning amaliy isboti sifatida joriy yilning iyul-avgust oylarida 929 nafar oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan nogironligi bölgan, kam ta’minlangan xotin-qizlarni soğlom hayotga qaytariş maqsadida jarrohlik amaliyotlari bilan boğliq bölgan barça xarajatlarga 20 milliard 580 million 338 ming sömlik mablağlar qoplab berildi.

– Özim “Ayollar daftari”da turaman. Soğligim ham, ijtimoiy ahvolim ham yaxşi emas. Uç nafar farzandni bir amallab ulğaytirdik. Taqdirning sinovi bölib katta qizim 3 yoşida qaynoq suvga tuşib ketdi. Va bu şifokorlar tomonidan oğir kuyiş deb baholandi. Olib bormagan şifokorimiz qolmadi. Har yili kasalxona eşigida sarğayib umrimiz ötmoqda. Terining qattiq kuyişi boşqa kasalliklarni ham keltirib çiqarar ekan. Bir paytning özida köriş sistemasi pasayib, asab va turli içki kasalliklarning ham rivojlanişiga sabab böldi. Ayni paytda 23 yoşga kirgan qizim Dildora Ğaybullayeva “Yoşlar daftari”da turadi. Teridagi bitmas yaralar oqibatida 21 marta jarrohlik amaliyotini boşidan keçirgan farzandimga teri köçiriş kerakligini şifokorlar aytişganida, çorasizligimiz, ya’ni mablağimiz yetmasligi yuragimga oğir niş bölib botardi. Ollohga şukurki, yurtboşimizning olib borayotgan oqilona siyosatlari sabab qizimning davolanişi uçun 17 million 500 ming söm mablağ ajratildi. Samarqanddagi markaziy şifoxonada jarrohlik amaliyoti ötkazilib, qizim ayni paytda özini ança yaxşi his etyapti. Dunyoda yaxşi odamlarning borligi rost. Yaxşiyam ular borki, bizga öxşagan onalarning dardiga darmon bor, – deydi Kattaqörğon şahri “Zomin” MFYda yaşovçi Nurniso Fayziyeva.

Bu kabi xayr-saxovat yölida boş-qoş bölayotgan Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasining rejalari bisyor. Eng avvalo heç bir xotin-qiz biror dard sabab aziyat çekmasin, jamiyatdan özini ayro his etmasin, köngli öksimasin. Öksik qalblarga darmon böliş eng oliy maqsaddir.  

“Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasi” ijroçi direktori Umrbek ISMAILOV

Reklama huquqi asosida