Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda asosiy dori vositalari röyxati (.pdf) yangilanganini e’lon qildi.

Özbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari röyxatini tuziş böyiça yöriqnomaga muvofiq, asosiy dori vositalari röyxati Özbekiston hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflaş asosida şakllantiriladi.

Mazkur röyxatdan:

  • tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilişda;
  • xaridlarni oqilona taşkil etiş va dori vositalarini taqsimlaşda;
  • xodimlarni uni töğri qöllaşga örgatişda;
  • mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalari işlab çiqarilişini rağbatlantirişda;
  • asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qiliş va narxini şakllantirişda foydalaniladi.

Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va çiqarilgan şakli körsatilgan holda röyxatga kiritiladi.

Dori vositalari xalqaro patentlangan nomga ega bölmagan taqdirda, uning örnini bosuvçi nom yoki tarkib körsatiladi.

Yangi röyxatda 65 guruhga mansub dori vositalari örin egallagan.