3 sentabr kuni «Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!» shiori ostida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Termiz, Guliston, Nurafshon, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Xiva va Nukus shaharlari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligini nishonlashga bag‘ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shildilar.
Shu kuni har bir hudud va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 100 mingga yaqin havaskor yuguruvchilar mamlakatning asosiy bayramini shaharlarning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etish orqali nishonladi. Toshkentda “Yangi nafas” barcha shahar ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadigan joyda – Humo Arena sport maydoni hududida o‘tkazildi. Poytaxtdagi ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talabalar ham ishtirok etishdi.

Tadbir tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, ishtirokchi shaharlar hokimliklari, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etdi.
Toshkentdagi ommaviy yugurish musobaqasi dasturiga 3 va 10 km masofalik ikkita distansiya kiritildi. Qolgan shaharlar uchun - “Yangi nafas” sport harakatining yagona ramziy masofasi - 3 km ni tashkil qildi.
Ta’kidlash kerakki, “Yangi nafas” xalqaro sport ommaviy yugurish musobaqalarida, fuqaroligidan qat’i nazar, istagan barcha ishtirok etishi mumkin. 30 ta chet el davlatlarining vakillari ushbu keng ko‘lamli sport bayramiga qo‘shildi. Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston sport yugurish klublaridan taxminan 400 ta ishtirokchi “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurishdi.

Tadbirning ochilish marosimi poytaxtda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov barcha ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi va davlatning asosiy sanalariga bag‘ishlab “Yangi nafas” sport ommaviy yugurish musobaqalarining o‘tkazilishi yaxshi bir an’anaga aylanib qolganini ta’kidlab o‘tdi. Respublikaning har bir fuqarosi qo‘shilishi mumkin bo‘lgan “Yangi nafas” sport harakati, ruh irodasi, vatanparvarlik tuyg‘usi va butun mamlakat bilan hamjihatlik birlashtiriladigan platformaga aylandi.













