Prezidentning “Ommaviy sportni rivojlantiriş va soğlom turmuş tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar:

a) aholini kunlik yuriş va yugurişga tarğib qiliş maqsadida “Yangi nafas” platformasini yaratadi va uning işlaş tartibini tasdiqlaydi. 

Bunda, bir kunda kamida ön ming, bir oy davomida uç yuz ming, bir yil davomida 3,6 mln qadam yurgan şaxsga barça davlat xizmatlari körsatiş sohasida 50 foiz imtiyoz berilişini hamda sport inşootlaridan foydalaniş uçun abonement taqdim etilişini nazarda tutadi;

b) Adliya vazirligi “Yangi nafas” platformasini davlat xizmatlari körsatiş tizimi bilan integratsiya qilinişini ta'minlaydi.

Belgilanişiça, mehnat jamoalari a'zolarining “Yangi nafas” platformasidan foydalaniş samaradorligi natijalariga qarab vazirlik va idoralar, mahalliy davlat boşqaruv organlari rahbarlarining işiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining xulosasiga asosan baho beriladi.