Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 sentabr kuni Yangi Toşkent şahrining Boş rejasi loyihasi bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, bugungi kunda Toşkent şahrida yaşayotgan va işlayotgan aholi soni qariyb 5 million nafarni taşkil qilmoqda. Köplab uy-joylar, muassasalar barpo etilib, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortmoqda. Şunga qaramay, yana yiliga 20 ming xonadonli uylar, 40 dan ortiq maktab, boğça, poliklinika qurişga talab bor. Urbanizatsiya sur’atidan kelib çiqilsa, yaqin yillarda aholi soni yanada köpayadi.
Davlat rahbari bu masalani alohida e’tiborga olib, Toşkentni rivojlantiriş rejalarini 15-20 yil oldindan belgilaş vazifasini qöygan edi. Şundan kelib çiqib, şahardan taşqarida, zamonaviy arxitektura yutuqlari asosida yangi markaz qurişga kirişildi.

Uşbu ulkan loyiha uçun Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq va Örta Çirçiq tumanlaridan 19 ming 720 gektar yer tanlab olingan. Birinçi bosqiçda 2,5 ming gektarda 100 ming aholi uçun uy-joylar va infratuzilma obektlari quriş rejalaştirilgan. Direksiya tomonidan yetakçi xorijiy kompaniyalar jalb etilib, rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli sinovdan ötgan amaliyotlar asosida Boş reja, tarmoq rejalari va manzilli dasturlar işlab çiqilmoqda.
«ToşkentboşplanLITI» davlat unitar korxonasida Boş reja loyihasi taqdimoti ötkazildi. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirining örinbosari – «Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasi» direktori hududni infratuzilma bilan ta’minlaş, yöl va köpriklar quriş masalalari, muhandislik, şaharsozlik va arxitektura yeçimlari böyiça axborot berdi.
Yangi Toşkent «aqlli» va «boğ şahar» bölişi nazarda tutilmoqda. Ma’muriy markazda davlat idoralari, Yangi Özbekiston universiteti, kutubxona, tarix muzeyi, madaniyat saroylari joylaşadi. Şuningdek, şaharda işbilarmonlik va innovatsiya tumanlari, ta’lim, tibbiyot va turizm klasterlari böladi. 420 gektar maydonda markaziy boğ, mavzelar orasida sun’iy kanal va köllar, Çirçiq va Qorasuv daryolari böyida sayilgohlar taşkil qilinib, odamlarning dam olişi uçun sölim şaroitlar yaratiladi. «Toşkentning yaşil belboği» loyihasi şu joydan boşlanadi.

Bu komponentlar loyihasi Singapur, Angliya, Xitoy, Germaniya, Turkiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, BAA kabi davlatlarning 20 ta ilğor kompaniyasi tomonidan işlab çiqilmoqda. Davlat rahbari infratuzilma tarmoqlarini ilğor standartlar bilan uyğunlaştiriş zarurligini ta’kidladi.












