Yangi öquv yili boşlanib, talabalarni turar joy bilan ta’minlaş masalasi kun tartibiga çiqdi. Davlat oliy ta’lim muassasalari ayni kunlarda neça foiz talabani yotoqxona bilan ta’minlay olyapti, 2023 yilda yana qança yotoqxona quriladi, yotoqxona quriş böyiça oldingi yilgi rejalarning qançasi bajarildi? Kun.uz şu kabi savollarga javob izlaydi.
Talabalarning qançasi yotoqxona bilan qamrab olinadi?
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining Kun.uz'ga bergan ma’lumotiga köra, ayni damda respublikada 302 ta talabalar turar joyi bölib, ular jami 116 mingdan ortiq talabani qamrab oladi. Bu yotoqxonaga muhtoj talabalarning 43 foiziga töğri keladi.
“Davlat oliy ta’lim muassasalari 2022/2023 öquv yilida yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarning 32 foizini yotoqxona bilan ta’minlagandi. Ya’ni ötgan yili talabalar turar joylarida 95 ming örin bor. Bu yil 116 mingdan ortiq bölib, bu – oldingi yildan 11 foizga oşganini körsatadi”, – deya ma’lumot berdi vazirlik boş mutaxassisi Laziz Mingeşov.
Rasmiylar bergan ma’lumotdan kelib çiqilsa, demak, yana 116 mingdan köproq talabaning yotoqxonaga ehtiyoji bor.
Talabalar Toşkentga qaytdi. Toşkent ularni sevmaydi
2022 yilgi reja
2021 yil sentabridagi hukumat qaroriga köra respublika böyiça davlat-xususiy şerikçiligi asosida har biri örtaça 400 örinli jami 228 ta talabalar turar joylari barpo etilişi belgilangandi. 2022 yilning özida hududlarda 47ta yotoqxona qurilişi kerak edi. Kun.uz suriştiruvlari natijasida 2022 yilning iyul oyida yillik rejaning 4 foizi bajarilgani ma’lum bölgandi. Tadbirkorlar TTJ quriş jarayoni murakkab va uzoq vaqtni talab qilgani sabab köp qavatli uy qurib sotişni afzal körişayotgani haqida aytişgandi. Xöş, 2022 yilgi rejaning qança qismi bajarildi va 2023 yil uçun neçta yotoqxona quriş rejalaştirilgan?
Vazirlikka köra, 2022 yilda jami 17505 örinli 36ta TTJ qurib foydalanişga topşirilgan. Bu – ötgan yilgi rejadan 11ta kam yotoqxona qurilgan degani.
Mavhumlik va xaos: Toşkent yana uysiz talabalar şahriga aylandi
Yangi öquv yilida qança yotoqxona quril(a)di?
2023 yil fevral oyidagi davlat dasturida yil oxirigaça 18 ming örinli yotoqxona qurilişi belgilangandi. OTFIV bergan ma’lumotga köra, 2023 yil 1 sentabr holatiga köra, 8 416 örinli 18ta talabalar turar joylari foydalanişga topşirilgan. Yil yakunigaça yana 9700 örinli 21 ta talabalar turar joyi foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Hozir sentabr oyining boşi ekani hisobga olinsa, 9700 örinli yotoqxonalar quriş uçun vazirlikda 4 oy bor.
Vazirlik ma’lumotiga köra, respublika böyiça 38 ming örinli 83 ta talabalar turar joylarini barpo etiş böyiça loyihalar iş boşlagan.
Ma’lumot uçun, 2021 yilda vazirlik vakili Otabek Bozarov Kun.uz’ga bergan intervyusida talabalarning yotoqxona bilan ta’minlanişi körsatkiçini 2020/21 öquv yili oxirigaça 35–36 foizga, 2025 yilgaça esa 50 foizga yetkaziş loyihasi taklifi hukumatga kiritilganini bildirgandi. “2030 yilgaça esa motel va hosteller ham qurilib, ularning hisobiga talabalarning 90 foizga yaqini turar joyga ega bölişi közda tutilyapti”, – degan Bozorov.
Na yotoqxona bor, na ijaraga uy — talabalar va ota-onalar muammosi
1-bosqiç talabalari uçun qulaylik
2023/2024 öquv yili uçun davlat OTMning 1-kurs talabalari talaba bölgani haqida mandat javobini olganidan keyin my.gov.uz portali orqali onlayn ariza berib, öquv yili boşlanmasidan oldin yotoqxonaga kelib joylaşişlari mumkin böldi. Vazirlikning ma’lum qilişiça, bu tartib 2024/2025 yildan barça bosqiç talabalari uçun amal qiladi. Bunda talabalar turar joyiga joylaşiş uçun ariza beriş 1 avgustdan boşlab öquv yili yakuniga qadar davom etadi.
Toşkentning «ögay bolalari». Talabalar nega ijaraga qöyilmaydi?
Eslatib ötamiz, bir neça yillardan beri aynan 1-kurs talabalarining yotoqxona qidirib sarson böliş holatlari kuzatiladi. Hatto ötgan yili ayrim talabalarning köçada tunab qolgani suratlari ham tarqalgandi. Şundan keyin öşa paytdagi oliy ta’lim vaziri bilan uçraşuvda jurnalistlar Abduqodir Toşqulovga heç bölmasa 1-bosqiç talablarini öquv yili boşlanmasidan oldinroq yotoqxonaga joylaştiriş uçun harakat boşlanişi kerakligi söralgandi.
Sobiq vazir yotoqxonalar haqida
Umuman olganda, rivojlangan davlatlarda talabalarni turar joy bilan ta’minlaş ta’lim vazirligi emas, uy joy bilan şuğullanadigan taşkilotlar orqali böladi. Buni 2022/2023 öquv yili boşlanişiga bağişlangan matbuot anjumanida sobiq vazir Abduqodir Toşqulov eslab ötib, yotoqxonalar qurişga keyingi yillardan vazirlik javobgar bölmasligi, buni xususiy sektorlar qilişini ta’kidlagandi. Ammo bu tartib qaçon boşlanişi noma’lumligiça qolmoqda.
Toşkentda boşpanasiz talabalar – vazir nima deydi?
Zuhra Abduhalimova, Kun.uz












