Özbekistondagi OTMlar turar joyga talabgor talabalarning 27 foizini yotoqxona bilan ta’minlay oladi xolos.
Turar joyga muhtoj har 10 nafar talabadan 7 nafari özi uçun boşpana topişga majbur.
Ayni kunlarda talabalar poytaxtga qaytmoqda. «Kvartira» bozorida talab birdaniga oşgan, şunga yaraşa narx ham kötarilgan.
Boz ustiga, aksariyat uy egalari talabalarni ijaraga qöyişni istamaydi. Ular köp hollarda uyini qonuniy nikohdan ötgan oilaga ijaraga berişni ma’qul köradi.
Kun.uz muxbiri talabalarning turar joyi muammosini örganiş uçun Toşkentdagi uy bozorida talabalar, maklerlar va uy egalari bilan suhbatlaşdi. Muammo yeçimi yuzasidan esa mas’ullarga murojaat qildi.
Uy bozorida sarson studentlar
«Çilonzor» metro bekati yaqinidagi uy bozori şu kunlarda talabalar bilan gavjum. Ularning köpçiligi bu yerga birinçi marta kelişi emas.
Ulardan işlar qalay deb sörasangiz, aksariyati bir xil javob beradi: «Studentlarni qöymaymiz deyişyapti», «Narxlar oşib ketibdi».
Maklerlardan birining aytişiça, uy egalari doim talabalardan noliydi: «Kvartira pulini vaqtida tölamaydi», «Uyning tozaligiga bee’tibor», «Kelişilgandan köp odamni uyga olib keladi» va hokazo.

«Uy egalari köpinça oila söraşadi. Talabalar tozalikka rioya qilmasligi, uyga notaniş odamlarni olib kelişidan şikoyat qilişadi. Talabalar aksariyat hollarda uy egasining işonçini yöqotgan, kommunal tölovlarni vaqtida tölamagan», – deydi makler.
«Keçirasiz-u, talabalar 3–4 kişi turamiz deydi-da, 8–10 kişi bölib ketadi. Hammayoqni çirk bostirib yuboradi», – deydi uy egalaridan biri.
«Uyni yaxşi saqlamaydigan, betartib talabalar kasriga orasta yaşovçi köplab talabalar uy topolmay sarson bölyapti», – dedi uy izlayotgan talaba.
Ijaraga kvartira yöq emas, bor, lekin narxi...
Ma’lum bölişiça, hozir Toşkent şahridan 1 xonali ijara uylarni hamyonbop narxda topişning deyarli imkoni yöq.
















