Özbekiston hukumati gaz tariflari oşirilganidan keyin avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarida narxlar keskin kötarilişini çeklaş çoralarini körmoqçi. Bu Vazirlar Mahkamasining «Yoqilği-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasida közda tutilgan.
Hujjat bilan boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov, Boş prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi, Soliq qömitasi hamda «Özneftgazinspeksiya»ga (Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi) avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarida örnatilgan gaz hisoblaş uskunalarining Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimiga töliq ulangani va onlayn rejimda ma’lumotlar uzatilayotganini qat’iy nazorat qilib boriş yuklatilgan.
Şuningdek, ular noqonuniy ulaniş, yoqilği-energiya resurslarini talon-toroj qiliş va noqonuniy iste’mol qilişning boşqa holatlarini, şuningdek, ularni sodir etişga imkon beruvçi sabab va şart-şaroitlarni aniqlaş, bartaraf etiş va oldini oliş böyiça nazorat tadbirlarini yanada kuçaytirişi kerak böladi.
«Tabiiy gazni sotişda uning eng baland çakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uçun 3 250 sömdan oşib ketmasligi böyiça qat’iy çoralar körilsin», deyilgan hujjat matnida.
Onlayn rejimda ma’lumotlar uzatmayotgan, çakana sotişda çeklangan narxning asossiz oşirilişiga, noqonuniy ulanişga, yoqilği-energiya resurslarini talon-toroj va noqonuniy iste’mol qilinişiga yöl qöygan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalariga tabiiy gaz yetkazib beriş töxtatiladi.
- Eslatib ötamiz, 2023 yil 1 oktyabrdan yuridik şaxslar uçun bir kub gaz narxi 660 sömdan 1500 sömgaça oşirilmoqda (+840 söm). Öz navbatida, loyihada aholi uçun tabiiy gaz (380 söm) va suyultirilgan gaz (1120 söm) tariflari amaldagi narxlarda özgarişsiz qolişi közda tutilgan.
- Ayni vaqtda «gazzapravka»larda gazning bir kubi örtaça 2800 sömdan sotilmoqda (hududlar örtasida narxlar turliça farqlanadi).
- Avgust oyida Toşkent şahrida va turli viloyatlarda haydovçilar köplab gaz quyiş şoxobçalari yopilgani haqida xabar berişgandi, natijada yoqilği quyiş şoxobçalarida uzun navbatlar paydo böldi. Energetika vazirligi yoqilği quyiş şoxobçalariga kelişilgan hajmda gaz yetkazib berilganini ma’lum qilgan, şu bilan birga, talab ösganini tan olgandi.












