Xitoy sönggi 20 yil içida şu qadar tez rivojlandiki, köpçilik ekspertlar va tahliliy markazlar rasmiy Pekin tez orada dunyoning eng boy va qudratli davlati bölgan Qöşma Ştatlarga yetib olişi va uni ortda qoldirişi böyiça prognozlar bera boşladi. Ammo oxirgi 3 yilda Xitoy iqtisodiyotining ösişi keskin sekinlaşdi. Xöş, bunga nima sabab böldi?

Demografik inqiroz kuçaygan, yoşlar örtasidagi işsizlik esa rekord darajaga yetgan

Moody’s Investors Service ma’lumotlariga köra, bugungi kunda Xitoyda mehnat unumdorligi bilan boğliq jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Tuğilişning qisqarişi va umr köriş davomiyligi oşişi sababli Xitoy aholisi qarib bormoqda va demografik vaziyat yomonlaşmoqda. Agar 2019 yilda mehnatga layoqatli yoşdagi fuqarolar soni 998 million kişini taşkil etgan bölsa, 2050 yilga borib bu körsatkiç 767 milliongaça kamayişi mumkin.

Yoşlar işsizligi darajasi rekordlarni yangilab, iyun oyida 21,3 foizni taşkil etdi, bu pandemiyadan oldingi darajadan deyarli ikki baravar köp. Norasmiy hisob-kitoblarga köra, mazkur körsatkiç bundan ham yuqoriroq bölişi mumkin. Rekord qayd etilganidan bir oy ötgaç, rasmiylar yoşlar işsizligi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilişni ham töxtatib qöydi.

Yoşlarni iş bilan ta’minlaş bilan boğliq muammolarga asosiy sabab sifatida, bugungi kunda işsizlarning taxminan uçdan ikki qismi oliy ma’lumotga egaligi, ammo Xitoy iqtisodiyotida malakali kadrlarga ommaviy talab yöqligi keltirilgan. Ya’ni oliy ma’lumotli yoşlar oldingi davrdagi kabi zavodlarga borişni va u yerda eng oddiy xodim bölib işlaşni xohlamaydi. Öz navbatida sanoatda böş örinlar paydo bölmoqda va uni töldiriş bilan muammolar yuzaga kelgan.

Bu holat, bir tomondan, aholining qarib borayotgani sababli vaziyatni yanada yomonlaştirsa, ikkinçi tomondan, mamlakatdagi iste’mol talabiga salbiy ta’sir qiladi.

Yuan qadrsizlanmoqda

Xitoy iqtisodiyotining zaiflaşuvi fonida investorlar mahalliy kompaniyalarning qimmatli qoğozlarini sota boşladi. Buning ortidan milliy valuta yuan özini “yomon” his qilmoqda. Avgust oyi örtalariga kelib valuta kursining pasayişi Xitoy Xalq bankini intervensiya qilişga majbur qildi: norasmiy ma’lumotlarga köra, davlat banklari valuta kursini qöllab-quvvatlaş maqsadida dollar sotiş va yuan sotib olişni boşlagan. Biroq, bu kabi çoralar faqatgina qisqa muddatli ta’sir körsatdi.