Qozoğiston milliy jamoasi keça navbatdagi ğalabaga erişib, Yevro-2024 final bosqiçiga çiqiş uçun real imkoniyat qarşisida qolgaç, hamyurtlarimiz orasida turli bahslar paydo böldi – qozoqlar UYeFAga ötib töğri qilganmi? Mana, biz Osiyoda qolib ham yirik musobaqalarga çiqa olmayapmiz, Qozoğistonga esa katta klublar, milliy jamoalar mehmon böladi, mundialni öz stadionlarida ötkazişyapti, xullas.
Töğrisi, men ham bir paytlar UYeFAga ötiş tarafdori edim. Balkim, hozir ham agar tanlov qarşisida qolsam, öşa fikrim özgarmagan bölsa kerak, ammo nazarimda, bu biroz oşirib yuborilgan. Ya’ni qozoqlarga qarab, nadomat çekib ötirişdan foyda yöq va kim nimaga erişgani haqidagi mulohazalar ham bahsli.

Ha, Daniyani yutiş, Belgiyani yutiş, «MYu»ni yutiş, «Atletiko» bilan durang öynaş, oniy bir yuqori hissiyotlar beradigan voqealar, har yili kuçli jamoalarni qabul qiliş öziga yaraşa bayram ham. Ammo bilasizmi, öşa ğalabaning ertasiga, keça qölga kiritilgan uç oçkoning kelajakdagi ta’siri qay darajada bölganikin, eslaysizmi? Yoki öşa ğalaba bilan birga uç oçko ham tugaganmi? Eronni safarda yutib kelib, turnir jadvaliga qarab, guruhdagi ğoliblik imkoniyatlarini çamalab ötiriş tuyğusi balkim ularga begonadir?
Futbol avvalo sport, unda kuraş, raqobat bölmas ekan, muxlisning joniga tez tegadi. Futbol yulduzlari yurtimizga taşrif buyurib, osonlik bilan ğalaba qozonib ketişlaridan köra, teng raqobat şaroitidagi öyinlarni tomoşa qiliş baribir doimiy va barqaror emotsiyani beradi, menimça.

Tan olaman, OÇLda Saudiya klublarini xohladik, Neymar yo Benzemaning Özbekistonga kelişi katta voqea, töğri, ammo agar bu voqealar har yili bölaversa, baribir, öşa «As-Sadd» bilan tengma-teng öyinlarni soğinamiz, «Adelaida» bilan pley-off öyinlarini yaxşiroq bölganini öylay boşlaymiz, işonavering.
Qozoğiston Yevroga çiqişi uçun endi safarda Daniyani yo Sloveniyani yutişi kerak. Biz jahon çempionatiga çiqiş uçun avvalo, Eron bilan öyinlarda ijobiy natija lozim. Qatar yoki Xitoyga qarşi öyinlar kutib turibdi balkim. Qaysi biri yaxşiroq? Birdaniga ayta olmasam kerak.
Şunisini aniq ayta olaman, Mundialning özida öynaşimizdan köra, saralaşdagi kuraşlar men uçun qiziqroq. Çunki ikkinçisida kuraş bor, jarayon bor, birinçisi öşa kuraşning mukofoti xolos.
Qahramon Aslanov









