Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan strategiyasini tasdiqladi. Unda ta’lim tizimida quyidagi bir qancha vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

  • bog‘chalarning 100 foizini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash;
  • olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta maktablarning o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni tashkil etish;
  • yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish;
  • ta’lim tashkilotlariga har yili 500 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 barobar oshirish;
  • nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 1 000 taga yetkazish, ularda tahsil olayotgan o‘quvchilar ulushini 3 barobarga oshirish;
  • 2024 yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 100 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qurilishi bo‘yicha shartnomalar tuzish;
  • yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish;
  • 10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli top-1000 oliygohlari reytingiga kiritishga erishish;
  • qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joylarini qurish;
  • fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 3 trillion so‘m mablag‘ ajratish.