Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yöl harakati qoidalari buzilganlik uçun javobgarlikni takomillaştirişga qaratilgan qöşimça va özgartişlar kiritiş haqidagi qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qöyildi.
Unga köra, jismoniy va yuridik şaxsga tegişli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yöl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, transport vositasini fuqarolik-huquqiy tartibda boşqariş yoki foydalaniş huquqini olgan şaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortişni belgilovçi qöşimça kiritilmoqda.
Bunga sönggi yillarda avtomototransport vositalarini yollaş va ijaraga beriş böyiça xizmat körsatiş sohasi rivojlanib borayotgani, xususan, yuridik şaxslar tomonidan transport vositalarini jismoniy şaxslarga ijaraga va prokatga beriş böyiça xizmatlarni körsatiş ommalaşib borayotgani sabab qilib körsatilgan.
Amaldagi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 17(1)-moddasida maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali yöl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortilişi belgilab qöyilgan.
Özgartirişlarga köra, uşbu bandni «transport vositasining mulkdori» degan sözlardan keyin «yoki mazkur transport vositasini fuqarolik-huquqiy tartibida foydalangan şaxs» degan sözlar bilan töldiriş taklif etilgan.
Uşbu moddaning ikkinçi qismini esa quyidagiça özgartiriş taklif etilmoqda:
«Yuridik şaxsga tegişli transport vositasidan qonunçilikda belgilangan tartibda foydalanib sodir etilgan yöl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlaştirilgan foto- va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka yuridik şaxsning transport vositasidan foydalaniş uçun mas’ul bölgan şaxs yoki mazkur transport vositasini fuqarolik-huquqiy tartibida foydalangan şaxs tortiladi».
Loyiha muhokamasi 26 sentabrga qadar davom etadi.













