Marokaşdagi kuçli zilzila oqibatida kamida 2901 kişi halok böldi, deya xabar bermoqda mamlakat davlat telekanallari 12 sentabr, seşanba kuni Marokaş Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib.

Yana kamida 5530 kişi jarohat olgan. Aniqlangan zilzila qurbonlari soni yanada ortişi mumkin. Fojia munosabati bilan avvalroq Marokaş qirollik sudi mamlakatda uç kunlik motam e’lon qilgan edi.

Yevropa Ittifoqi va Germaniya Marokaşga yordam berişga tayyor

Germaniyaning önlab qutqaruvçilari zilzila oqibatlarini bartaraf etişda yordam beriş uçun Şimoliy Afrika mamlakatiga uçib ketişga tayyor ekanini ma’lum qildi, deb xabar berdi Germaniya Texnik yordam xizmati (THW). «Hozirça Marokaş yordam söragani yöq. Lekin biz tomondan hammasi tayyor», - deya ta’kidlaydi taşkilot vakili dpa agentligiga.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Marokaşga kuçli zilzila oqibatlarini bartaraf etişda yordam taklif qilgan edi. «Yevropa Ittifoqi Marokaşni uşbu qiyin paytda qöllab-quvvatlaşga tayyor», deb yozdi Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel X ijtimoiy tarmoğida. 

9 sentabrga ötar keçasi 6,8 magnitudali zilzila sodir böldi. Marokaş milliy geofizika instituti ma’lumotlariga köra, zilzila episentri Marrakeşdan 70 kilometr janubi-ğarbda joylaşgan Marrakeş-Safi toğli hududida bölgan. AQŞ Geologik xizmati ma’lumotlariga köra, zilzila öçoği 18,5 kilometr çuqurlikda joylaşgan. Bu Marokaşda sönggi 60 yildan ortiq vaqt davomida sodir bölgan eng kuçli zilzila böldi, deya xabar beradi dpa.