Markaziy bank Özbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi.
Unga köra, 1 sentabr holatiga, Özbekistonning rasmiy zaxiralari 32,7 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu – joriy yil boşidan buyon qayd etilgan minimum körsatkiç.
Zaxiralar ötgan oyga nisbatan deyarli 958 mln dollarga, yil boşidan beri esa 3 mlrd dollarga kamaydi.
Hisobot davrida oltinning fizik hajmi 11,8 mln troya unsiyadan 12,1 mln troya unsiyaga, qiymati esa 23 mlrd dollardan 23,4 mlrd dollarga köpaygan.
Zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari 9,5 mlrd dollardan 8,7 mlrd dollarga kamaygan. Özbekistonning valutadagi aktivlari miqdori statistik ma’lumotlar e’lon qilina boşlagan 2018 yildan keyingi davrda heç qaçon hozirgiçalik past bölmagan.
Oltin-valuta zaxiralari nima uçun qisqarmoqda?
Taşqi savdo defitsiti. 2023 yil yanvar-iyul oylaridagi taşqi savdo aylanmasi 35 mlrd dollarga(eksport hajmi 14,9 mlrd dollar, import hajmi esa 20 mlrd dollar), taşqi savdo salbiy saldosi esa 5 mlrd dollarga yetgan. Importning eksportdan yuqoriligi qöşimça xorijiy valutani talab qiladi va milliy valuta kursiga bosim ötkazadi. Xususan, 1-yarim yillikda tabiiy gaz importining 7,2 barobarga oşişi ham zaxira aktivlari miqdoriga ta’sir qilgan bölişi mumkin.
Pul ötkazmalarining qisqarişi. Joriy yilning birinçi yarmida Özbekistonga amalga oşirilgan transçegaraviy ötkazmalar miqdori 5,2 milliard dollarni taşkil qilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davrida 6,5 mlrd dollar bölgan. Ya’ni pul ötkazmalarida 20 foizlik kamayiş kuzatilgan.
Milliy valuta kursining qadrsizlanişi. Asosiy savdo hamkor-davlatlar milliy valuta kursidagi tebranişlar fonida joriy yilning boşidan buyon özbek sömi AQŞ dollariga nisbatan 8,3 foizga(11 146 sömdan 12 180 sömga) qadrsizlandi. Kursning keskin özgarib ketişining oldini oliş maqsadida Markaziy bank içki bozorga valuta intervensiyalarini amalga oşirgan bölişi mumkin.
Yil boşidan beri Özbekistonning zaxira aktivlari 3,08 mlrd dollarga, jumladan, valuta zaxiralari 2,94 milliard dollarga kamaygan.














