Elektr uzilişlariga asosiy sabab nimada?

Tarmoqlarning haddan taşqari eskirganligi. Yoz yoki qiş faslida xonadonlarda tez-tez tok öçib qolişining asosiy sababi aynan şu omilga boğliq. Işoniş qiyin, biroq respublikadagi mavjud elektr uskunalarining 40 foizdan ortiği eskirgan. Misol uçun, elektr uzatiş tarmoqlarining 46 foizi, podstansiyalarning 51 foizi, transformator punktlarining esa 100 tadan 36 tasi öz hayotini yaşab bölgan. Aynan şuning uçun qattiq sovuq yoki qattiq issiq bölsa, darrov qayerlardadir “svet” öçib qoladi. Bu esa odamlarning haqli e’tirozlariga sabab bölyapti.

Tarmoqlarning eskirgani tufayli işlab çiqarilgan elektr energiyasini iste’molçiga yetkazib berişda ham yöqotişlar köp bölmoqda. Agar rivojlangan davlatlarda bu miqdor 7-8 foizni taşkil qilsa, Özbekistonda 20-25 foizgaça yetadi.

Bu nima degani? Aytaylik, joriy yilda 70 milliard kWh elektr energiyasi işlab çiqariladi. Tarmoqning eskirgani tufayli uning 14–17,5 milliard kWh hajmdagisi iste’molçiga yetib bormayapti.

Yöqotilayotgan mazkur 14 milliard kWh elektr energiyasi esa bir oyda örtaça 200 kWh tok yoqadigan 5 million 833 mingtadan ortiq iste’molçining 1 yillik iste’moliga teng.

Iste’molning keskin ortişi. Oxirgi yillarda juda köp yangi turar joylar qurildi. Köpçilik eski uyini buzib, kimdir ikki, yana kimdir uç qavatli, kamida 10-15 ta xonali uy-joy qurib oldi. Biroq öşa hududlarning aksariyatida transformatorlar, elektr simlari eskiligiça qoldi. Bundan 30-40 yil oldin bitta transformator hududdagi uylarda yoqiladigan örtaça 3-4 mingta lampoçka, har bitta xonadon uçun bitta televizor, bitta çangyutgiç va bitta sovitkiç hisobga olinib örnatilgan edi.

Qurilişlarning ortişi fonida öşa transformator 10-15 mingta lampoçka, aksariyat xonadonlardagi 2 ta televizor, 2 ta xolodilnik, 2 ta konditsioner, kompyuter, mikrotölqinli peç, noutbuk, 10 tagaça mobil telefonlar, çangyutgiç, kir yuvadigan maşina va boşqa zamonaviy elektr jihozlarini yoqiş uçun elektr energiyasi yetkazib berişga majbur bölyapti. Sodda qilib aytganda, 50 kilo yuk kötara oladigan odamning ustiga 250 kilogaça yuk taşlab qöyilib, undan buni kötariş talab qilinyapti.

Qanday işlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan?

Tizimdagi nosozliklarga barham beriş uçun tarmoqda çuqur modernizatsiyalaş işlarini olib boriş lozim. Ammo bu juda qiyin iş. Çunki svet öçişiga töliq barham beriş tizimli va uzoq vaqt talab qiladigan jarayon. Xususan, 2030 yilga qadar katta kuçlanişni kötara oladigan 9 ming 885 kilometr elektr simlari va umumiy quvvati 37 ming 290 megavatt-amper bölgan 53 ta podstansiya qurilişi belgilangan. Bu işlab çiqarilgan elektr energiyasining atigi 5-6 foiz yöqotiş bilan iste’molçiga yetib borişini ta’minlaydi. Natijada bugun yöqotilayotgan energiyasining katta qismi saqlanib qoladi.