Milliy gvardiya qömondonining «Idoraviy harbiylaştirilgan qöriqlaş bölinmalari şaxsiy tarkibining eng köp sonini belgilaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi buyruği qabul qilindi.

Nizom idoraviy öta muhim va toifalangan obektlarni, şuningdek maxsus yuklarni qöriqlaşda xizmat ötaydigan idoraviy harbiylaştirilgan qöriqlaş bölinmalariga tatbiq etilmaydi. 

Nizomga muvofiq, postlar obektning quyidagi hududlarida taşkil etiladi: 

  • fuqarolar (transportlar) uçun möljallangan nazorat-ötkaziş joylarida;
  • obekt hududining çegarasi (perimetri) böylab uning içki yoki taşqi qismlarida yoxud unga yaqin hududlarda;
  • obektning alohida ahamiyatga ega bölgan muayyan qismida. 

Nazorat-ötkaziş joylarida bitta post quyidagi asoslarga köra taşkil etiladi:

  • örtaça arifmetik hisob böyiça bir soatda obektning 400 tagaça xodimlari nazorat-ötkaziş joyidan kirib-çiqqan taqdirda;
  • örtaça arifmetik hisob böyiça bir soatda 20 tagaça transport vositalari nazorat-ötkaziş joyidan kirib-çiqqan taqdirda.

Obekt hududining çegarasi (perimetri) böylab uning içki yoki taşqi qismlarida yoxud unga yaqin hududlarda har 500 metrgaça bölgan masofada bitta post taşkil etiladi.

Obektning alohida ahamiyatga ega bölgan muayyan qismida, şuningdek obektning körinişi çeklangan hududlarida (buriliş va notekisliklar) bitta post yoki bitta patrullik yönalişi taşkil etiladi.

Bunda, patrullik yönalişi quyidagi masofalarda taşkil etiladi:

  • kunduzi – 1000 metrgaça va keçasi – 500 metrgaça;
  • qöriqlaşning texnik vositalari bilan jihozlangan obektlarda kunduzi – 2000 metrgaça va keçasi – 1000 metrgaça;

Obektni qöriqlaşda bitta 24 soatlik post uçun 9 ştat birlik ajratiladi.

Quyidagi holatlarda mazkur lavozimlar ştatlar röyxatiga kiritiladi:

  • otryad boşliği, uning örinbosari, moddiy ta’minot böyiça yordamçisi – ştat birliklari soni 76 birlikdan oşganda;