Rossiyaga kelib ketgan Xitoy mudofaa vaziri ishdan bo‘shatilgan va tergov ostida - AQSh razvedkasi
Xitoy Xalq Respublikasining mudofaa vaziri Li Shangfu o‘z lavozimidan bo‘shatilgan va tergov ostida bo‘lishi mumkin, deyishgan Financial Times nashriga razvedka ma’lumotlari bilan tanish amerikalik mulozimlar.
So‘nggi ikki hafta ichida Li Shangfu omma oldida ko‘rinish bermagan. Vazir 7–8 sentbyar kunlari Viyetnam va Xitoyning har yilgi mudofaa hamkorligi bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etishi lozim edi, biroq yig‘ilishga ikki kun qolganida «salomatligi bilan bog‘liq holat» bois safarni bekor qilgan. Bu haqida Reuters’ga viyetnamlik mulozimlar xabar berishgan.
65 yoshli Li Shangfu XXR mudofaa vaziri lavozimini egallaganiga olti oydan kamroq vaqt o‘tdi — u 2023 yilning 12 martida ushbu vazifaga kirishgan edi. 2018 yilda u Rossiyadan Su-35 qiruvchi uchoqlari va S-400 majmualarini xarid qilishdagi ishtiroki uchun AQSh sanksiyalari ostiga tushgan edi. Vazir etib tayinlanganidan bir oy o‘tib u Moskvaga borib, RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi.
Xitoy mudofaa vazirining iste’foga chiqarilishi «Pekinning harbiy va tashqiy siyosiy isteblishmentining elitali a’zolari orasida xaos ro‘y berayotganining navbatdagi belgisi» bo‘lishi mumkin, deb yozgan Financial Times.
Bundan avvalroq, yoz oylarida XXR tashqi ishlar vaziri Tsin Gang omma oldida uzoq vaqt ko‘rinish beravermagani ham «salomatli yomonlashgani» bilan tushuntirishgan edi. Keyinchalik Xitoy hokimiyati u lavozimidan olinganini e’lon qildi. Tsin Gang ham bor-yo‘g‘i olti oy vazir bo‘lib ishlagan. Ishdan ketishi sabablaridan biri sifatida uning hongkonglik telejurnalist Fu Siaotian bilan romantik aloqalari ko‘rsatilgan.
O‘tgan oyda XXR raisi Si Jinping Xitoy yadroviy kuchlariga qo‘mondonlik qilgan va to‘satdan ommaga ko‘rinmay qolgan oliy martabali ikki ofitser — raketa qo‘shinlariga rahbarlik qilgan Li Yuchao va uning o‘rinbosari Lyu Guangbinni vazifasidan olib tashlagan edi.
Xitoydan bo‘lmagan mulozimlar Financial Times nashriga bildirishicha, ularning har ikkisi maxfiy ma’lumotlarni sizdirishda gumonlangan: «Biz Xitoyning tashqarisidan turib, XXRning raketa qo‘shinlari to‘g‘risida yetarli tarzda detalli tasavvurga ega ekanligimiz bosh sabab bo‘lgan».
Bungacha XXR kompartiyasi va rais Si Jinping harbiylar safida korrupsiyaga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida bir necha bor oshkora chiqish qilishgan.
Mavzuga oid
10:30 / 09.10.2024
Xitoylik olimlar Mars atmosferasidan energiya ishlab chiqaradigan batareyani yaratdi
20:47 / 08.10.2024
Xitoy YIning elektromobillar borasidagi qaroriga javoban Yevropa alkogol mahsulotlariga yangi boj joriy etdi
16:40 / 08.10.2024
Xitoyda matematikani o‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar uchun maxsus klinika ochilmoqda
18:30 / 06.10.2024