Kiyevda Xalqaro jinoyat sudining dala ofisi oçildi, deb xabar berdi Ukraina Boş prokuraturasi.
«Bu hamkorligimizning yangi bobidir. Ofis işi Ukraina va Xalqaro jinoyat sudi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga yordam beradi. Bu Rossiyaning Ukraina va ukrainaliklarga qarşi har kuni sodir etayotgan jinoyatlariga javob beriş samaradorligi va tezligini oşiradi», dedi Ukraina boş prokurori Andrey Kostin.
Ukraina Boş prokuraturasi xabariga köra, Xalqaro jinoyat sudining Kiyevdagi dala ofisi sudning Haagadan taşqaridagi eng yirik vakolatxonasi hisoblanadi.
2023 yil mart oyida Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani bolalarni Ukrainadan noqonuniy deportatsiya qilişda ayblab, hibsga oliş haqida order bergan edi.
Iyul oyida Haagada Rossiyaning Ukrainaga bosqinini tergov qiliş xalqaro markazi iş boşladi. Uning tarkibiga Ukraina, Yevropa Ittifoqi, AQŞ va Xalqaro jinoyat sudi prokurorlari kirdi. Yevropa Ittifoqi markazning taşkil etilişini maxsus tribunal yaratiş yölidagi birinçi qadam deb atadi, çunki markaz tomonidan töplangan materiallar Ukrainaga qarşi bosqinçilik böyiça jinoyat işi qözğatiş uçun asos böladi.












