Uşbu özgarişlarga 2023 yil 26 yanvarda «Paxta xomaşyosi yetiştiruvçilar faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori asos qilib keltirilgan.

Xabarda aytilişiça, paxta xomaşyosining narxi bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq, har bir hududda öşa hududdagi yerning holati, paxta yetiştirişga yönaltirilgan sarf-xarajatlar, bozordagi talab va taklifdan kelib çiqib, bevosita oluvçi va sotuvçi tomonlarning özaro kelişuvi asosida belgilanadi.

Fermer-dehqonga özi yetiştirgan paxta xomaşyosini xaridor bilan özaro kelişilgan narxda sotiş erkinligi beriladi. Paxta yetiştiriladigan maydonlarni nasos orqali suğorişda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizgaça qismi davlat budjetidan qoplab beriladi.

Xabarda uruğlik, mineral öğitlar, yonilği-moylaş materiallari va ösimliklarni himoya qiliş vositalari klasterlar tomonidan fermer xöjaliklariga ustama qöllamasdan, ötgan yilga nisbatan 15-20 foiz past narxlarda yetkazib berilgani paxta yetiştiriş xarajatlarini kamaytiriş uçun yana bir imkoniyat bölgani aytiladi.

Vazirlik vakiliga köra, joriy yilda paxta-töqimaçilik klasterlari va fermer xöjaliklari tomonidan 5 mingdan ortiq yuqori unumli qişloq xöjaligi texnikalari va agregatlari xarid qilinişi natijasida 48 foiz maydonda çigit yuqori unumli zamonaviy pnevmatik seyalkalarda ekilgan va 15 ming tonna uruğlik çigit (24 mlrd sömdan ortiq) va 5 ming tonna dizel yoqilğisi (qariyb 50 mlrd söm) tejalgan.

Respublika böyiça tomçilatib suğoriş texnologiyasi joriy etilgan paxta maydonlar qariyb 300 ming gektarga yetkazilişi natijasida ğözani suğoriş işlarida 1,5 mlrd kub metrga yaqin suv resurslari, 50 ming tonnadan ortiq mineral öğit (qariyb 200 mlrd söm) va 10 ming tonnaga yaqin yoqilği moylaş materiallari (90 mlrd sömdan ortiq) iqtisod qilingan.