Kimdir aynan şu içimlik suvida sigiriga yumşatib beriş uçun somon ivitib qöygan, ba’zi xonadonlarda esa hatto ikki alohida quvurda suv oqib yotibdi. Qişloqni suv bilan ta’minlab berayotgan minoralar, tarmoq quvurlari har joyidan teşilib, suv isrof bölyapti.

Qahat qişloğining Obod, Çilangar, Qardoşlar köçasidagi bir neça xonadonlarga kirib, vaziyatni örgandik. Holat çindan-da açinarli. Yillar davomida içimlik suvi ariqlarga oqib isrof bölgan va hozir ham isrof bölyapti.

Qişloqning Obod köçasidagi xonadonlardan birida bir emas, ikki quvurdan toza içimlik suvi oqib yotibdi. Xonadon sohibasi holatni qöyilgan “ventil”lar tez orada buzilib qolayotgani bilan izohladi.

“Içimlik suvini öçiriş uçun “ventil” örnatilmagan. Sababi bu hovliga yaqinda suv quvuri tordik. Endi esa “ventil” örnatmoqçimiz. Qöşnilar köçadagi suv tarmoğidan uylariga tortib olişgan. Ular motor yordamida suvni tortib olişsa, bizga tuşmay qoladi.

Suv isrof bölayotganini bilamiz. Boşqalar qatori bizniki ham isrof bölyapti. 20 yildan beri şu suvdan foydalanyapmiz. “Ventil” qöyilgan edi, bolalar öynab sindirib qöyişdi”, – deydi Obod mahallasi fuqarolaridan biri.

Yana bir xonadonda esa içimlik suvi somon ustiga oqib yotgani guvohi böldik. Açinarlisi, taşqari ariqda içişga yaroqsiz suv böla turib, xonadonda çorva hayvonlariga somonni yumşatib beriş uçun aynan toza suvdan foydalanişar ekan.

Qişloq köçalarini oraladik. Içimlik suvi ariqlarga oqib yotibdi. Eng açinarlisi, aholi holatga befarq. Qaysidir quvurga suv berkitgiç umuman qöyilmagan, boşqasida bölgani bilan işdan çiqqan.