NATO Harbiy qömitasi rahbari admiral Rob Bauer sözlariga köra, 2024 yilda Şimoliy Atlantika alyansi «sovuq uruş» davridan beri özining eng yirik maşqlarini ötkazadi. Bu haqda u Osloda bölib ötgan NATO boş ştabi boşliqlarining konferensiyasida ma’lum qildi.
Maşqlar Steadfast Defender (Çidamli himoyaçi) deb nomlanadi va unda 40 mingdan ortiq kişi iştirok etadi. Maşqlar Germaniya, Polşa va Boltiqböyi mamlakatlari hududida bölib ötadi.
11 sentabr kuni Financial Times (FT) naşri NATO sovuq uruş davridan beri eng yirik maşqlarni ötkaziş rejasi borligi haqida yozgan edi. Maşqlardan maqsad «NATO davlatlaridan biriga qaratilgan Rossiya tajovuzini qaytarişga uriniş» ekani aytildi.












