Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari ayol kişiga nisbatan qöpol harakat qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat 18 sentabr kuni Farğona şahrida sodir bölgan.
IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, ayol avtomobil yöli kesişmasida tilançilik bilan şuğullanib, maşinalar harakatiga xalal bergan. Xodimlar uning şaxsiga aniqlik kiritib, ma’muriy çora köriş maqsadida bölimga olib borişga harakat qilganlarida ayol ularga qarşilik körsatgan. Şundan söng ikki xodim qöpol harakatlar bilan ayolni avtomobil içiga kiritişgan. Bu harakatlar videotasvirga tuşib qolib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.
“Hozirgi vaqtda yöllarning qatnov qismida, bozorlarda tilançilik qilişda ota-onalar, qarindoşlari, yaqinlari tomonidan çaqaloqlar va voyaga yetmagan bolalardan foydalanilişining oldini oliş uçun kompleks profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda.
Videoda PPX xodimi ularning talabiga böysunmagan, 1 yoşli bolasi bilan yölning qatnov qismida tilançilik qilayotgan ayolni olib ketayotgani tasvirlangan.
Ayol boşqa viloyatda yaşaydi, turmuşga çiqqan, ikki bolaning onasi. Bu holatgaça uni oğzaki ogohlantirişgan, biroq u yölning qatnov qismini tark etmagan. Keyin xodimlar uning şaxsini aniqlab, ma’muriy çora köriş uçun qölidagi gödak bilan birga olib ketmoqçi bölişganida ayol qarşilik körsatgan. Jarayonda ayol bolasini yerga taşlab yuborişiga ozgina qolgan. Şundan söng esa xodim ayol kişiga nisbatan qöpol munosabatga yöl qöygan.
Bunday xatti-harakat rahbariyatimiz va hamkasblarimiz tomonidan keskin qoralanadi”, deydi Şohrux Ğiyosov.
Qöşimça qilinişiça, ayol xodim ustidan heç qanday şikoyat qilmagan. Biroq hozirda xodimga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan hamda qonuniy çora köriladi.













