Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasida «Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun muhokama qilindi.
Qonunda milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarni boşqa toifa fuqarolardan ustunligini yoki nuqsonli ekanligini tarğib qilganlik, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan şaxslar örtasida nikoh tuzişga doir diniy marosimni amalga oşirganlik, köp xotinli bölişni tarğib qilganlik, jins böyiça kamsitişni tarğib qilganlik uçun tegişli javobgarlik belgilaş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini oçiqdan-oçiq inkor etganlik hamda fuqarolarni milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab kamsitganlik hamda diniy taşkilot tomonidan özining ustavida nazarda tutilmagan faoliyat bilan şuğullanganlik uçun ham javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun bilan fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganlik uçun belgilangan ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.
Muhokamalar jarayonida uşbu qonunning qabul qilinişi natijasida jamiyatda millatlararo totuvlikni, diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaşga, dunyoviy qadriyatlarni saqlab qolişga hamda xotin-qizlarning huquqlarini işonçli himoya qilişga erişilişi qayd etildi.
Uşbu qonun böyiça ekspertlar tomonidan tayyorlangan tavsiyalar Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasiga taqdim etilgan.













