“Birlaşgan Millatlar Taşkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida Özbekiston reytingini yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagi maxsus portallar işga tuşiriladi:
2024 yil 1 yanvardan raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlarga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beruvçi;
2024 yil 1 iyundan respublika hududidagi yaşil hudud, boğ va jamoat parklari haqida axborot beruvçi;
2024 yil 1 sentabrdan Toşkent şahrida jamoat transporti harakati haqida axborot beruvçi.
Şoşilinç tezkor xizmatlar böyiça aholining çaqiruvlarini qabul qiliş va ularni tezkor ravişda qayta işlaş böyiça 112 yagona markazlaşgan dispetçerlik xizmati faoliyatini respublikaning barça hududlarida bosqiçma-bosqiç taşkil etiş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi.
2023 yil 1 noyabrdan “oxirgi milya” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga keng polosali internet tarmoqlarini olib borişga qaratilgan hamkorlik dasturi amalga oşiriladi.
2024 yil yakunigaça magistral telekommunikatsiya tarmoği va aholi yaşaş maskanlarida qöşimça 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari quriladi.













