AQŞ prezidenti Jo Bayden S5+1 formatidagi birinçi Markaziy Osiyo – AQŞ rahbarlari uçraşuvi söngida bu muloqotni “tarixiy” deb atadi.

“Buning tarixiy lahza deb hisoblayman. Bizning uçraşuvimiz poydevorida Markaziy Osiyo va Qöşma Ştatlar örtasidagi özaro suverenitet, mustaqillik, hududiy yaxlitlikka sodiqligimizga asoslangan köp yillik yaqin hamkorligimiz turibdi. Bu tamoyillar hozir har qaçongidan ham köproq ahamiyatga ega, deb öylayman. Bugun esa biz hamkorligimizni yangi darajaga olib çiqyapmiz”, – dedi Bayden.

AQŞ prezidenti uning mamlakati Markaziy Osiyo bilan terrorizmga qarşi kuraşiş, iqtisodiy boğliqlikni kuçaytirişga doir yönalişlarda hamkorlikni mustahkamlaşga intilayotganini qayd etib, mintaqadagi nogironligi bölgan şaxslar uçun Amerika tomonidan yangi taşabbus ilgari surilayotganini ta’kidladi.

“Bugungi sermahsul suhbatimiz uçun barçangizga taşakkur aytmoqçiman. Kelgusida yanada köproq birgalikda işlaşimizni sabrsizlik bilan kutaman. Men bu uçraşuvimizning davomini ham körişni çin dildan istayman, çunki işonçim komilki, biz – xalqlarimiz birga bölarkan ekanmiz, kuçliroq bölamiz, dunyo ham xavfsizroq böladi”, – dedi u.

Jo Bayden markaziy osiyolik hamkasblariga yana bir bor taşakkur bildirdi va bayonotini şunday yakunladi:

“Sizlar bilan tez orada, ehtimol mamlakatlaringizdan birida uçraşişga umid qilib qolaman. Rahmat”.

Ma’lumot uçun, ayni paytga qadar AQŞ prezidentlari Markaziy Osiyoning heç bir davlatiga taşrif buyurmagan. Hozirça mintaqaga kelgan eng yuqori lavozimli amerikalik siyosatçilar AQŞ davlat kotiblari bölgan. 1992 yildan keyingi davrda Davlat departamentini boşqargan 11 nafar diplomatdan 7 nafari Özbekistonga kelgan.