Bukmekerlik xizmatlarni tarğib qiluvçi 92 ta veb-saytni bloklaş böyiça AOKAga takliflar kiritilgan, şundan 27 ta sayt bloklangan. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi ma’lum qildi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda reklamaga oid qonunbuzilişlarga nisbatan tezkor çoralar köriş maqsadida bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani tarğib qiluvçi saytlarga kirişni bloklaş çoralari körilmoqda.

Olib borilgan işlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni tarğib qiluvçi 92 ta veb-saytni bloklaş böyiça AOKAga takliflar kiritilgan bölib, şundan 27 ta sayt bloklangan.

Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda xonandalar, sportçilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar va bukmekerlik xizmatlarini reklama qiliş holatlari böyiça içki işlar organlariga 11 ta xatlar kiritilgan.

Bugungi kunda qömita tomonidan reklama beruvçi (tayyorlovçi, tarqatuvçi, buyurtmaçi)larni qonun talablariga rioya etilişini ta’minlaş yuzasidan turli soha va yönalişda 400 dan ortiq ogohlantiriş xatlari berilgan. 

Qömita tegişli mas’ul idoralar bilan birgalikda respublikada mavjud taşqi reklama obektlaridagi reklamalarning davlat tili qoidalariga mosligini örganiş yuzasidan jami 9 mingdan ortiq monitoringlar ötkazgan.

Şundan, 3 mingdan ortiq (35 foiz) reklamalar davlat tili qoidalariga muvofiq emasligi aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etiş çoralari körilgan.