Yangiça YÇL. U qanday böladi? Qanday ijobiy jihatlar bor?
|22:19 / 20.09.202329 53011 min
Köproq jamoalar, şveysarça tizim va saralaşda yangiça qoidalar. Yangilanayotgan formatni körib çiqamiz.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Çempionlar Ligasining navbatdagi mavsumiga start berildi va guruhlarda dastlabki tur öyinlari bölib ötdi. Ta’kidlaş lozimki, bu musobaqa hozirgi taniş formatda sönggi bor ötkazilmoqda va kelasi yildan umuman boşqaça körinişda taşkil etiladi. Xöş, nega UEFA bunday qarorga keldi? Kelasi mavsumdan amal qilinadigan köriniş qay şaklda böladi va qanday afzalliklarga ega?
Nega bunday ehtiyoj paydo böldi?
Aslida, şuni tan oliş kerakki, Çempionlar Ligasi bugungi kunda dunyoning eng zör turniri maqomiga çiqib, hatto jahon çempionati bilan raqobat qila oladigan, moliyaviy tomondan ham, e’tibor jihatidan ham barça klub va futbolçilar intiladigan darajaga çiqişiga aslida aynan format özgartirilişi sabab bölgan. 90-yillardan oldin Çempionlar Kubogi ilk bosqiçlardanoq pley-off körinişida bölar, ligalardan faqat çempion klublar qatnaşişi mumkin edi. Asta-sekin top-ligalarda keyingi örinni olgan top-jamoalar hisobiga turnir tarkibi boyidi, guruh bosqiçi taşkil qilinişi esa öyinlar sonini ham, musobaqaning yaxlitligini ham yaxşiroq qildi.
Ammo bugungi kunga kelib, uşbu format ham mazmunan eskirganini tan oliş vaqti yetganga öxşaydi. Guruhlar soni 4 tadan 8 taga oşişi, tabiiyki, öyinlar va jamoalar sonini köpaytirdi, lekin guruhlar tarkibi va intriga jihatdan pasayiş röy berişini kuzatiş mumkin. Bir-ikki guruhdan taşqari, aksariyat guruhlarda favoritlar saralanib qolmoqda va aksariyat top-klublar uçun guruh bosqiçi avvalgidek mazmun kasb etmayapti.
Buni yuqoridagi jadvaldan ham tahlil qiliş mumkin. Sönggi yillarda ayniqsa, ikkinçi va uçinçi jamoa töplagan oçkolar böyiça farq kattalaşib bormoqda. 2-örinni band etgan jamoalarning örtaça oçkosi sönggi 5-6 yilda 10 dan pasaygani yöq, 3-örinni egallagan klublarning örtaça oçkosi esa, hatto 6 oçkodan ham pasayib ketdi. Bu farq tabiiyki, guruhdan çiqiş uçun kuraş murosasiz bölmagani, köp hollarda oxirgi turdan ham oldin hal bölayotganini bildiradi. Tabiiyki, haqiqiy Çempionlar Ligasi bahorda boşlanadi, degan mulohazalar ham örinli bölib qolgandek. Bu birinçidan, musobaqa tomoşabopligiga putur yetkazsa, ikkinçidan, eng muhimi, top-klublarning ham YÇLga bölgan munosabatiga ta’sir qilyapti. Şundoq ham, içki çempionat darajasi va yuklamasi oşib borayotgan, kuzda har oy futbolçilarini milliy jamoa yiğinlariga jönatadigan top-klublar kuzda uçinçi dunyo vakillari bilan, köpinça turnir ahamiyati bölmagan öyinlarda qatnaşişni istaşmaydi. Moliyaviy tomondan ham naf keltirişi qiyin. Bir neça yil oldin Superliga maşmaşalari ham aynan şu sababdan paydo bölganini unutmaslik kerak. Yangi format qaysidir ma’noda örta yölni topişga xizmat qiladi – ham top-ligalarning istagi amalga oşişi kerak, ham UEFA javobgar bölgan keyingi eşelon klublari jabr körmasligi lozim.
Mavzuga oid
Xöş, yangi format qanday böladi?
Kuzda boşlanadigan asosiy bosqiçda endi 32 emas, 36 jamoa qatnaşadi. Lekin guruhlar bölmaydi va har bir jamoa avvalgi 6 ta örniga 8 tadan öyinda maydonga tuşadi. Ham jamoalar sonini oşirib, ham top-klublar masalasini hal qilmoqçi bölayotgani uçun UEFAga qoyil qoliş kerak.
Bundan nima çiqadi, qani, amalda köramiz.
Xullas, 36 jamoa har biri 9 ta klubdan iborat 4 ta savatga bölinadi. Birinçi savatga Çempionlar Ligasining amaldagi ğolibi, hamda sönggi beş yildagi natijalar böyiça hosil bölgan klublar reytingi böyiça eng yuqori koeffitsiyentga ega bölgan 8 jamoa (YÇL yöllanmasini qölga kiritganlar içidan, albatta) örin oladi. Keyingi savatlar ham xuddi şu tartibda töldiriladi.
Har bir jamoa uşbu bosqiç davomida har savatdagi ikkitadan jamoa bilan öynab çiqadi. Bittasi bilan uyda, bittasi bilan safarda. Öz savatidagi jamoalar bilan ham öynaydi. Şu tariqa, 8 öyin hosil böladi. Bir jamoa bilan ikki marta öynalmaydi. Bir mamlakat vakillari bu bosqiçda özaro duç kelişmaydi. Raqiblar qur’a asosida aniqlanadi.
Mana şu 8 tadan öyinda töplangan oçkolarga qarab umumiy jadval şakllanadi va oçkolar böyiça dastlabki 8 örinni egallagan jamoa töğridan töğri 1/8 finalga yöllanmani qölga kiritadi.
9-24 örinni egallagan 16 jamoa ham keyingi bosqiçga çiqadi. Uşbu 16 jamoa 8 juft bölib, pley-offda öynaşadi va ğolib çiqqan 8 jamoa ularni kutib turgan dastlabki 8 jamoa bilan birgalikda 1/8 finalni taşkil qilişadi. Uyoği öşa biz bilgan bahorgi formatda davom etadi.
Bu yerda top-klublar uçun ham har bir öyinning ahamiyati oşirilayotganiga e’tibor qaratiş lozim.
Birinçidan, ğoliblar törttalik guruhda emas, umumiy aniqlanişini e’tiborga olsak, har bir öyinda oçko oliş lozim bölib qoladi. 3-4 turda guruh masalasini hal qiliş qiyin, zero 8 talik uçun kuraşda yaxşi oçko töplaydigan jamoalar köp böladi.
Ikkinçidan, xöp, kimdir aytaylik, qatorasiga 5-6 öyinda ğalaba qozongan taqdirda ham, sönggi turlarda imkon qadar oçko yöqotmaslikka, öşa sakkiztalikning ham eng yuqorisida bölişga harakat qilişi lozim. Çunki 1/8 final uçun raqib tanlanayotganda avvalgidek, kör qur’a emas, qançalik yuqorida bölinsa, şunça pastroqdagi raqibga röpara keliş ehtimoli oşadi. Yana şunisi ham borki, öşa kuzgi jadvalda 1-örinni olgan jamoa 2-örindagi jamoa bilan faqat finalda duç kelişi mumkin. Qur’aning setkasi şunday tuziladi va buni quyidagi infografikada ham körib oliş mumkin:
Top-uçraşuvlar nafaqat bahorda, kuzda ham köpayişini darhol payqaş mumkin. Qarang, birinçi töqqiztalik savatçadan katta ehtimol bilan «Real», «Barselona», «Bavariya», «PSJ», «Inter» va APL top-klublari örin olişini hozirdan taxmin qilsak böladi. Tasavvur qiling, bu klublar öz savatidagi raqiblar bilan ham ikki öyin ötkazadi. Bu şu savatdagi öyinlarning özi kamida 9 ta yuqori reytingli top-uçraşuv bölişini kafolatlaydi.
Ingliz jamoalari özaro öynamasligini e’tiborga olsak, ularning har biri «Bavariya», «Real» yoki «Barselona» bilan öynab çiqişi ham şart bölib qoladi. Keyingi savatda ham mavjud böladigan top-klublar, masalan, «Milan», «Atletiko» yoki «Borussiya» kabi klublarning ham har biri ikki martadan Top-9 bilan öynaşini qöşilsa, yana 6 ta top afişali öyinga ega bölamiz. Jami 15 ta.
Endi hozirgi formatdagi kuzgi YÇLni olamiz. «Bavariya» – «Mançester Yunayted» va «PSJ»ning «Milan» va «Borussiya» bilan ikkitadan öyinlari yuqoridagi töqnaşuvlarga yaqin kelişi mumkin, xolos. Ya’ni qariyb uç barobar kam.
Jamoalar tarkibi qanday aniqlanadi?
Avvalgi 32 klubga qöşilgan 4 klub qayerdan keladi? Ikki klub saralaşlar orqali yetib keladi, bu tuşunarli. Şu yerda top-çempionatlar, ayniqsa, APL klublari muxlislari uçun quvonçli xabar bor. Misol uçun, bu mavsumda APLda 5-örinni olgan jamoa ham keyingi yili YÇL iştirokçisi bölişi mumkin. Qöşimça ikki örin yevrokuboklar reytingida sönggi yilda eng köp oçko töplagan ikki assotsiatsiyaga ajratildi. Ya’ni 2023/24 yillar mavsumida klublari eng yaxşi reyting-oçko töplagan ikki liga qöşimça bittadan öringa ega böladi.
Avvaliga UEFA bu örinlari reytingi yuqori ikki klubga berişga qaror qilgandi. Ammo bu holatda, reytingi doim yuqori böladigan «Çelsi», «MYU» yoki «Milan» kabi klublar öz çempionatida qanday örinni olişidan qat’i nazar har mavsumda YÇL wild-card’iga ega bölib qolişi mumkin edi. Şuning uçun UEFA bu örinlarni assotsiatsiyalarga ajratdi.
Şu bilan birga, reyting oçkolar nafaqat Çempionlar Ligasidagi jamoalar, balki Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Kubogidagi klublar tomonidan ham töplanişini inobatga oliş kerak. Bir liga jamoalari tomonidan töplagan oçkolar hammasi jamlanib, öşa ligadan qatnaşuvçi jamoalar soniga taqsimlanadi. Albatta, musobaqa va bosqiç darajasining mos koeffisentini inobatga olgan holda. Ya’ni YÇL örinlari uçun Yevropa Ligasi va Konferensiyalar kubogida qatnaşayotgan jamoalarning ham oçkolari muhim, birgina klubning erta bosqiçlarda turnirni tark etişi öşa mamlakat ligasiga beriladigan örinlarga sezilarli ta’sir qilişi aniq. Qiziq tomoni, aytaylik, «Brayton» APLda 5-örinlarda borib, YÇL yöllanmasini qölga kiritişni öylasa, biratöla, Yevropa Ligasida ham reyting oçkolariga ahamiyat berişi kerak, har öyinda ğalaba uçun öynaşi lozim böladi.
Masalan, 2021/22 yillar mavsumida töplangan reyting-oçkolar böyiça hisoblasak, Erediviziya umumiy 2-örinni olganini köramiz. Aynan Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasidagi muvaffaqiyatli iştirok tufayli Niderlandiya jamoalari örtaça reyting böyiça faqat APLdan ortda qolişdi, xolos. Demak, qöşimça örinlar nafaqat top-5 ligalar uçun, balki Niderlandiya, Portugaliya, Turkiya kabi çempionatlar uçun ham imkoniyat berişi mumkinligi amaliy tomondan isbotlandi. Agar şu köriniş avvaldan işlab kelganida, bu yilgi YeÇLda «Liverpul» va «Atalanta», undan oldingi mavsumda esa «Arsenal» va «PSV»ni körgan bölardik.
Şuningdek, YÇL va Yevropa Ligasini yutgan klublarning öz çempionatida ham yöllanma egasi bölişi sababidan qöşimça örinlar paydo bölişi turgan gap. Ayniqsa, YÇL ğolibi aksariyat hollarda, katta ehtimol bilan öz çempionatida ham kuçli törtlikka kirişi haqiqatga yaqinroq. Bu holatda qöşimça örin UEFA reytingi böyiça yuqori öringa ega klublarga qaraladi. Ukraina yoki Gretsiya çempionati assotsiatsiyalar umumiy reytingida pastroq bölişi mumkin, ammo «Şaxtyor» yoki «Olimpiakos» kabi jamoalar mustaqil ravişda yiqqan reyting oçkolar tufayli ham YÇL iştirokçisiga aylanib qolişi mumkin böladi.
Xullas, Superliga loyihasiga javob sifatida UEFA öz variantini taqdim etmoqda. Balki köpçilik uçun bu biroz tuşunarsiz va notöğri yönalişdek körinişi mumkin, ammo aynan bugungi YÇL formati paydo bölganda ham norozilar yetarliça bölgan. Agar hozirgidan ham yaxşi bölib çiqsa, Çempionlar Ligasi qanaqa darajaga çiqib ketişini tasavvur ham qiliş qiyin.