Turkiya TIV Hoqon Fidan (çapda) va Eron TIV Husayn Amir Abdullohian (öngda). Tehron, 2023 yil sentabr

Zangezur koridori böyiça bu vaziyatga Eron ham aralaşişi mumkin. Çunki yaqinda Turkiya va Eron taşqi işlar vazirlari uçraşganda, Eron taşqi işlar vaziri bayonot berdi. Unda “biz Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi tinç muzokaralardan manfaatdormiz, lekin mintaqaviy koridorlarni egallaş va bloklaşga mutlaq qarşimiz” dedi. Bu degani Ozarboyjon transport koridorini nazoratga olişiga qarşimiz, degani. Eron kerak bölsa, kuç işlatişi mumkin, bu bilan Turkiyaga signal berildi.

Bilamizki, Eron şimolida 20 mln atrofida ozarlar yaşaydi, yölak oçilişi esa Eronning hududiy yaxlitligi masalasini kötaradi. Agar Ozarboyjon yölak oçilişida harbiy harakat boşlasa, Eron ham boşlaydi. Eron buni Armaniston roziligisiz ham töğridan töğri boşlaşi mumkin, çunki masala Eron uçun öta muhim ahamiyatga ega.

Isroil omili ham bor. Ozarboyjonning qurol-yaroğ bilan asosiy ta’minlovçisi Isroil hisoblanadi. Stokholm Xalqaro tinçlik tadqiqotlari instituti ma’lumotiga köra, oxirgi 4-5 yil içida Ozarboyjonning 60 foizdan ortiq qurol-yaroğini Isroil ta’minlagan. Isroilning bunday siyosatidan maqsad – Eronning mintaqaga ta’sirini zaiflaştiriş. Balki, Eron şimolidagi ozarlarni ham qöllaşdir.

Bjyezinskiyning Buyuk şaxmat taxtasi kitobida ham “Katta Ozarboyjon” loyihasi haqida gap bor, ya’ni Erondagi hududlarni qöşib oliş. Şuning uçun Eron bu masalada keskin çoralar körişi mumkin.

Suhrob Böronov,
siyosatşunos

Yuqoridagi fikrlar Suhrob Böronovning Kun.uz saytiga bergan intervyusidan olingan.