Toşkentdagi «Şarq» naşriyot-matbaa korxonasi şaharning Uçtepa tumani, Katta Xirmontepa köçasida joylaşgan yangi binoga köçiriladi. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, bunga bino va işlab çiqariş uskunalari ma’nan eskirgani, ta’mirtalab va yaroqsiz holatga kelgani sabab bölgan. 

Şu bilan birga, Mirobod tumani, Buyuk Turon köçasida joylaşgan Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) şaharning Mirobod tumani, Matbuotçilar köçasida joylaşgan Matbuot uyiga köçiriladi. 

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi ma’lumotiga köra, ÖzA va «Şarq» naşriyotiga tegişli binolar (umumiy yer maydoni 3,02 gektar, bino maydoni 56,5 ming kv.m.) xususiylaştiriş dasturlariga muvofiq ommaviy auksionga qöyilgan. Ularning negizida zamonaviy şaharsozlik talablariga mos keluvçi yagona mulkiy majmuani barpo etilişi aytilmoqda.