16 sentabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida O‘zbekistondagi Coca-Sola kompaniyasining 30 yillik yubileyi munosabati bilan Coke Studio Fest bo‘lib o‘tdi. Unda 60 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etishdi.
Coke Studio - turli madaniyatlar va janrlardagi musiqachilarni birlashtiruvchi platformadir. Uning doirasida turli musiqiy tadbirlar o‘tkaziladi. Coke Studio'ning asosiy missiyasi - geografik chegaralardan qat’i nazar barcha uchun yangi musiqani ochish, musiqaning universal tili orqali odamlarni birlashtirish va unutilmas xotiralar hamda taassurotlar ulashishdir. Yosh avlod uchun bu o‘zini ko‘rsatish, musiqa san’atini o‘rganish va jahon trendlaridan ilhom olish imkonidir. Bu yil "Yangi O‘zbekiston” bog‘ining maydon bo‘yicha miqyosi tufayli yurtimiz Coke Studio Fest'ning global tarixiga eng yirik musiqiy voqealardan biri sifatida kirdi. Coke Studio Fest O‘zbekistondagi Coca-Sola kompaniyasining 30 yillik yubileyi arafasida o‘tkazilganini ham alohida ta’kidlash lozim.

Coke Studio Fest festivali musiqa va san’at turli yosh va qiziqishlarga ega insonlarni birlashtirishini isbotladi. Nafaqat festival mehmonlari, balki global yulduzlar bilan bir sahnadan turib kuylagan yosh yulduzlarimiz ham undan ilhomlandi.
Andro va Artick&Asti sahnadan turib O‘zbekistonga iliq kutib olgani uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekistondagi Coke Studio Fest uchun eksklyuziv dastur tayyorlagan Afrojack chiqishida esa sahna ekranlarida "Thank you Uzbekistan" yozuvi e’tiborni tortdi.


"Avval mening global missiyam bo‘lmagan. Ammo hozir men uni topdim: men jonli efirlar tashkil qilib, ular davomida bolalarga musiqa, kattalarga esa didjyeylik va prodyuserlikni o‘rgataman. Menga odamlarga bu soha aslida qanday ishlashini tushuntirish, studiyalarda set tayyorlash jarayoni, sahnadagi faoliyatni ko‘rsatish yoqadi. Men kelajakda bu faoliyatni rivojlantirib, endi boshlayotgan san’atkorlar uchun eshiklarni ochmoqchiman. Agar siz o‘zbekistonlik didjyey bo‘lsangiz, bizning resurslarimizdagi jonli efirlarga e’tibor qarating. Shuningdek, siz o‘z musiqangizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri leyblga va u yerdan barcha steykxolderlarga yuborishingiz mumkin. Sinab ko‘rish va intilish doim muhim. Siz ayol yoki erkakligingiz muhim emas, odamlarga qiziq yagona narsa bu - musiqa. Siz bu bilan necha yil shug‘ullanganingiz ham qiziq emas. Agar keyingi trek tinglovchiga yoqmasa, shoungizga hech kim kelmaydi", - dedi Afrojack o‘z intervyusida.













