1-kursga tavsiya etilganlar uçun tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddati 15 oktyabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

«Davlat komissiyasining tegişli bayoni bilan, köpçilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-öquv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga tölov-kontrakt, jumladan, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar öqişi uçun tölov haqini ötkaziş hamda talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştirişning sönggi muddati 2023 yilning 15 oktyabri etib belgilandi», deyiladi xabarda.

Amaldagi tartibga köra, ikkinçi va undan yuqori bosqiç talabalar kontraktini tölaş muddati OTM rahbarining buyruği bilan uzaytirilişi mumkinligi eslab ötilgan.