Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaning ilk Abrams tanklari Ukrainaga yetib keldi
Yaqin oylar ichida yanada ko‘proq tanklar kelishi kutilmoqda.
Amerika tomonidan ishlab chiqarilgan Abrams tanklarining ilk partiyasi shanba kuni Ukrainaga yetib kelgan, deb xabar bergan The New York Times 25 sentabr kuni AQSh mudofaa vazirligidagi manbasiga asoslangan holda.
Nashr suhbatdoshi gap Ukrainaga va’da qilgan zirhli texnikaning faqat dastlabki qismi haqida ketayotganini aytib, yetkazilgan tanklar soniga aniqlik kiritmagan. Tanklarning qolgan qismi yaqin oylar ichida yetkazib berilishi kutilmoqda.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenksiy ham Abrams tanklari kelishi boshlanganini tasdiqlagan. «Vazir [mudofaa vaziri Rustem] Umerovdan yaxshi yangilik. „Abramslar“ allaqachon Ukrainada va bizning brigadalarimizni kuchaytirishga tayyorlanmoqda. Kelishuv bajarilgani uchun ittifoqchilardan minnatdorman», — deya yozgan prezident ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
AQSh jami Abrams tanklaridan jami 31 ta yetkazib berishni rejalashtirgan, bu miqdor Ukraina armiyasida bitta tank batalyonini tashkil etadi.
- Ukrainaga Abrams tanklarini yetkazib berish rejasi haqida AQShda ilk bor yanvarda ma’lum qilingandi. May oyida Germaniyada ukrain harbiylarini ushbu tanklarni boshqarishga o‘rgatish boshlandi. Avgust oyi boshida AQSh Ukrainaga tanklarning dastlabki partiyasini yuborish uchun rasman ruxsat berdi.
- Sentyabr oyi boshida Pentagon Ukrainaga Abrams tanklari uchun kuchsizlantirilgan uranli snaryadlar ham yetkazib berishi haqida e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
18:44
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026