Namanganda bolalarning ommaviy zaharlanişi bilan boğliq voqeaga daxldorligi gumon qilinayotgan «Antistrumin» dori vositasini işlab çiqargan «Samo» MÇJ korxonasida farmatsevtik faoliyat böyiça tekşiruv işlari olib borilmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, tekşiruv davomida dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisidagi qonunçilik hujjatlariga, jumladan, Zarur işlab çiqariş amaliyoti, Zarur distribyutorlik amaliyoti, Zarur saqlaş amaliyoti davlat standartlariga, dori vositalarini işlab çiqariş, tayyorlaş, saqlaş va ulgurji realizatsiya qiliş doirasida texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi hujjatlar talablariga muvofiq böliş va korxona tomonidan majburiy rioya qiliş şart bölgan litsenziya talab va şartlari böyiça holatlar örganiladi.
Şuningdek, Markazning akkreditatsiyadan ötgan laboratoriyalari tomonidan «Dori vositalarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglamenti»ga muvofiq, «Antistrumin» dori vositasining xavfsizlik körsatkiçlari tahlil qilinadi.
Avvalroq, Soğliqni saqlaş vazirligi Namanganda önlab bolalarning salomatligi yomonlaşişiga sabab qilib körsatilayotgan «Kaliy yodid 1 mg (0,001) tabletka №100 (Antistrumin)» dori vositasi iste’molini laboratoriya xulosalari çiqqunga qadar zudlik bilan vaqtinça töxtatib turiş haqida topşiriq bergan edi. Vazir örinbosari Elmira Bositxonova imzosi bilan çiqarilgan xatda soğliğidan şikoyat qilib şifoxonaga yotqizilgan 71 nafar bolaning ahvoli yomonlaşişiga kaliy yodid dori vositasi sabab ekani yozilgan.
Keyinçalik Bositxonova dori yoki ovqatdan zaharlaniş holatlari hali tasdiqlangani yöqligini, asosiy taxmin ötkir respirator virusli infeksiyalar bilan boğliqligini aytdi.









