Toşkent şahri Sergeli tumanida uçta transport iştirokida YTH yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda şahar IIBB xabar qildi.

Qayd etilişiça, 2023 yilning 26 sentabr kuni soat 01:00 larda Sergeli tumani Xonobod köçasi 12 bekat qarşisida 2002 yilda tuğilgan S.B. boşqaruvida bölgan MAN yukmaşinasi, 2001 yilda tuğilgan D.Ş. boşqaruvida bölgan Cobalt hamda 1957 yilda tuğilgan Ş. F. boşqaruvida bölgan HOWO yukmaşinalari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

YTH oqibatida MAN hamda HOWO rusumli yuk maşinasi haydovçilari tan jarohat olgan va şifokorlar tomonidan birinçi yordam körsatilgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.