Afğoniston milliy valutasi «afğoniy» kutilmaganda dunyodagi eng tez ösayotgan valutalardan biri bölib çiqdi, deb ma’lum qildi Bloomberg.
Yil boşidan buyon u qariyb 14 foizga oşgan, buning natijasida afğonistonliklar ösiş sur’atlari böyiça Kolumbiya va Şri-Lanka valutalari bilan bir qatorda yuqori uçlikka kirgan.
Joriy çorakda dunyoning eng qaşşoq davlatlaridan birining milliy valutasi 9 foizga qimmatlaşdi va Kolumbiya pesosining 3 foizlik ösişini ortda qoldirdi.
Ikki yil avval «Tolibon» harakati hokimiyat tepasiga kelgan Afğoniston milliy valutasi kursining ösişiga milliardlab dollarlik gumanitar yordam va osiyolik qöşnilar bilan ösib borayotgan savdo aloqalari sabab bölgani aytilmoqda. Şuningdek, «Tolibon» mamlakat içida dollar va Pokiston rupiysidagi moliyaviy operatsiyalarni taqiqlaşi va Amerika valutasini Afğonistondan taşqariga olib çiqişga çeklovlari ham bunga ta’sir körsatmoqda.
Xorijiy valuta savdosi hozir sarrof deb ataladigan qora bozordagi valutafuruşlar orqali amalga oşiriladi. Ular bozorlarda savdo rastalari örnatadi yoki şahar va qişloqlardagi dökonlarda işlaydi. Kobuldagi oçiq bozor mamlakatning amaldagi moliyaviy markazi bölib, har kuni sarroflar qölidan önlab million dollar ekvivalentidagi mablağ ötadi.
Mutaxassislarning fikriça, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalaridagi beqaror vaziyat tez orada afğoniy kursi ösişining töxtab qolişiga olib keladi.











