Özbekistonning qator hududlarida haydovçilik guvohnomalarini olib berişni va’da qilgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Vobkent tuman bölimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar O‘.S. va Ş.X. fuqaro N.Ş.ni haydovçilik guvohnomasi oliş uçun bölib ötadigan imtihondan ötkazib qöyiş evaziga 700 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, Departamentning Buxoro viloyat boşqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Ş.G. va A.A. fuqaro M.M.ni göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida haydovçilik guvohnomasi oliş uçun bölib ötadigan imtihondan ötkazib qöyiş evaziga 600 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Jondor tumani bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar Z.A. va M.S. fuqaro M.R.ni tanişlari yordamida haydovçilik guvohnomasi oliş uçun bölib ötadigan imtihondan ötkazib qöyiş evaziga 400 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












