16:43 / 28.09.2023
17438

Infinix kompaniyasi O‘zbekistonda katta batareyali yangi smartfon - SMART 7 Plus’ni taqdim etdi

Infinix xalqaro texnologiya kompaniyasi O‘zbekistonda SMART bazaviy liniyasidan yangi smartfonning rasmiy taqdimoti haqida e’lon qiladi.

Infinix xalqaro texnologiya kompaniyasi O‘zbekistonda SMART bazaviy liniyasidan yangi smartfonning rasmiy taqdimoti haqida e’lon qiladi. SMART 7 Plus modeli avtonomiya standarti bo‘lib, katta xajmli 6000 mA/soat batareya tufayli qurilma bitta to‘liq quvvatlanishdan keyin 4 kungacha xizmat qila oladi. Smartfon zamonaviy moda dizayni, 7 Gb gacha bo‘lgan katta operatsion xotira, 64 Gb ROM va katta 6,6 dyuymli Full HD ekran, shuningdek, yuqori sifatli 13 MP kamera, kundalik vazifalarni hal qilish uchun yetarli bo‘lgan unumdorlik va himoyaga ega. IP53 standartiga muvofiq tushadi. Shu bilan birga, qurilmaning muhim jihatlaridan biri – uning jozibali narxida.

Infinix SMART 7 - muntazam aloqada qolishni xohlaydiganlar uchun ideal yechim. U qo‘ng‘iroqlar, xabarlar almashish va internetda kezish kabi kundalik vazifalarni hech qanday muammosiz hal qiladi. Kompaniyaning barcha boshqa qurilmalari singari, ushbu smartfon ham qattiq sifat nazoratidan o‘tgan, bu SMART 7 Plus’ning yuqori ishonchliligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, qurilma haqiqatan ham hamyonbop narxga ega – atigi 1 189 000 so‘m.

SMART 7 Plus katta xajmli 6000 mA/soat akkumulyatorga ega bo‘lib, u qurilmani haqiqatdan ham ajoyib batareya quvvati bilan ta’minlaydi. Smartfon qayta zaryadlanmasdan 4 kungacha ishlashi mumkin va Infinix kompaniyasining xususiy dasturiy ta’minoti bir quvvatlanishda quvvat sarfi ssenariylarini moslashtirish va smartfonning xizmat muddatini yanada oshirish imkonini beradi. Telefon bilan birga zaryadlovchi Type-C kabeli ham bor.

Smartfonning kamera bloki 13 megapikselli asosiy obektiv, sun’iy intellekt algoritmlari ishlashida ishtirok etuvchi yordamchi modul va LED chirog‘idan iborat. Qurilmaning kamerasi yaxshi yorug‘lik sharoitida yuqori sifatli va yorqin suratga olish imkonini beradi. Ikkita chirog‘i mavjud 8 megapikselli old kamera yuqori sifatli selfi suratga olish imkonini beradi, “go‘zallik” rejimi esa vaziyatlardan qat’iy nazar foydalanuvchilarga ajoyib ko‘rinishni taqdim etadi.

Smartfon katta 6,6 dyuymli 720x1612 piksel o‘lchamdagi IPS-ekranga ega. Qurilma korpusiga nisbatan foydalanish mumkin bo‘lgan ekran maydoni 84% ni tashkil qiladi. SMART 7 Plus protsessori sifati haqida esa Unisoc kompaniyasining 8 yadroli chipi o‘rnatilgani haqida aytishning o‘zi kifoya. Uning kuchi foydalanuvchi uchun barcha asosiy vazifalarini hal qilishda yetarli bo‘ladi.

SMART 7 Plus o‘z toifasidagi smartfonlardan tezkor operativ xotirasi bilan ajralib turadi. Foydalanuvchilar qo‘shimcha dasturiy ta’minotni 7 GB gacha kengaytirish imkoniyati bilan 3 Gb tezkor operativ xotiraga ega bo‘lishadi. Seriyadagi oldingi modellar bilan solishtirganda, ma’lumotlarni uzatish tezligi 93% gacha oshadi, energiya sarfi esa 30% ga kamayadi.

Smartfon 64 Gb ichki xotiraga ega va o‘zining "Storage Streamlizing" texnologiyasi bilan birgalikda ma’lumotlarni saqlashning ajoyib imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu yechim sizga qo‘shimcha ravishda 600 dan ortiq yuqori aniqlikdagi fotosuratlar yoki 200 dan ortiq audio treklarni joylashtirish imkonini beradi. Shuningdek, foydalanuvchilar alohida slotga ega MicroSD xotira kartasini o‘rnatish orqali qurilmaning doimiy xotira hajmini yanada 2 TB ga oshirishlari mumkin.

Smartfon o‘z uslubiga va zamonaviy dizaynga ega - uning orqa paneli qum barxanlarini eslatuvchi tuzilgan to‘lqinlarning zamonaviy naqshidan foydalangan holda yaratilgan. Foydalanuvchilar mavjud XX rangli yechimlardan eng yaxshi variantni tanlashlari mumkin: klassik “Tungi qora”, noodatiy “Moviy ko‘k” va zamonaviy “Zumrad yashil” (qaysi biri O‘zbekistonda borligini tekshirib ko‘rishingiz kerak).

Qurilmaning orqa paneli kumush ionlari bilan qoplangan bo‘lib, ular SMART 7 Plus’ni antibakterial qoplama bilan ta’minlaydi. Uni bakteriyalar va zamburug‘larning asosiy turlaridan 99% himoya qiladi.

SMART 7 toifasidagi boshqa qurilmalar singari, smartfon ham IP53 tushishga chidamlilik sertifikatini oldi. Bu smartfon foydalanuvchi qiyin ob-havo sharoitlariga – masalan, kuchli yomg‘irga duch kelgan taqdirda ham ishlashini kafolatlaydi.

Instagram: @infinix_uzbekistan

Top