Qoraboğ ustidan nazoratning töliq Ozarboyjonga qaytişi uçta geosiyosiy ölçamga ega. Birinçisi – turkiy dunyo geosiyosati nuqtayi nazaridan. Ikkinçisi – post-sovet hududidagi geosiyosiy vaziyat nuqtayi nazaridan. Uçinçisi – Özbekistonning strategik manfaatlari nuqtayi nazaridan.
19-asrning ikkinçi yarmi va 20-asr turkiy xalqlar va davlatlar uçun fojialar davri böldi. Bu davrda yagona öz mustaqilligini saqlab qola olgan turkiy davlat Turkiya böldi. Lekin Turkiya ham 20-asrda katta zarbalarga uçradi, katta hududlarini yöqotdi. Ayniqsa, birinçi jahon uruşi Turkiyaga juda katta zarba berdi va bu davlatning içki hamda taşqi siyosatini tubdan özgartirdi.
Faqat 20-asrning oxiriga kelib, Markaziy Osiyodagi törtta turkiy tilli davlat hamda Kavkazda Ozarbayjon öz mustaqilliklarini qölga kiritişdi. Lekin, haliga qadar köplab turkiy tilli xalqlar va hududlar öz erki va mustaqilligini qöllariga olişga muvaffaq bölişgani yöq.
Armaniston va etnik armanlar, jumladan, daşnoqlar Çor Rossiyasining, sovetlar va RFning turkiy davlatlar va xalqlarga bosim instrumenti bölib kelgan. Çor Rossiyasida Lenin va Trotskiy boşçiligida 1917 yilda inqilob böladi. Lekin 1918 yilning yanvariga qadar Turkiston sovetlar hokimiyatini tan olmaydi. Natijada, 1918 yil boşida Moskvadan Turkistonga, jumladan, Toşkent va Farğona vodiysiga 11 eşelon harbiylar jönatiladi. Bu harbiylarning aksariyati – daşnoqlar edi. Harbiylarning boş qömondoni – Qöqon sovetlar rahbari Saakov böladi. Tarixiy manbalarga köra, 1918-19 yillar davomida Farğona vodiysida, Toşkentda va mintaqaning boşqa şaharlarida sovetlar hokimiyatini örnatişda daşnoqlarning qöli bilan amalga oşirilgan qirğinlar muhim örin tutgan.
Sobiq SSSR davrida ham, Armaniston va armanlar Moskvaning Ozarboyjonga va turkiy xalqlarga eng samarali quroli, instrumenti bölib kelgan. Sovetlar, ittifoqdoş respublikalarning çegaralarini çizişda, köplab muammolarni qoldirib ketişgan va bu muammolar orqali uşbu davlatlarni boşqarişni öylaşgan.
Sobiq SSSR qulaganidan keyin ham, RF Armanistonni muttasil qöllab keldi. 2018 yilga qadar. Aynan şu yili, yumşoq inqilob orqali Armaniston hokimiyatiga Paşinyan keladi. Uning Putin bilan munosabatlari oldingi arman rahbarlarga qaraganda ança sovuq böldi.
Aslida öşa vaqtdayoq Putin kuçli ziddiyat qarşisida turgan edi. Bir tomondan, Turkiya, Markaziy Osiyodagi turkiy davlatlar hamda Ozarbayjon. Ikkinçi tomondan, kiçik Armaniston. 2018 yilda Armaniston hokimiyatiga ğarbga oriyentir olgan Paşinyanning kelişi, Moskva uçun geosiyosiy ziddiyatni töğrilaş imkoniyati sifatida körildi.












