Sergeli tumanida sodir bölgan favqulodda vaziyat yuzasidan olib borilayotgan zaruriy çora-tadbirlarga adliya organlari ham jalb etildi.
Xususan, vazirlik huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazining 20 nafar eksperti voqea sodir bölgan joyda iş olib bormoqda. Ular holat böyiça tayinlangan tegişli sud ekspertizalari yuzasidan obektlarni dastlabki közdan keçiriş, xodisa kelib çiqiş sabablarini örganiş, fuqarolarning mol-mulklariga yetkazilgan zararlar miqdorlarini aniqlaş işlarini amalga oşirişyapti.

Ekspertlar Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligida favqulodda vaziyatni örganiş, körilgan talafotlarni bartaraf etiş va jabrlanganlarga yordam körsatiş böyiça tuzilgan Hukumat komissiyasi tomonidan jalb etilgan.

Şuningdek, adliya organlarining mas’ul xodimlari jabr körgan aholi bilan uçraşib, ularga tegişli huquqiy tuşuntirişlar bermoqda. Fuqarolarning yaroqsiz holga kelgan yoki yöqolgan şaxsiy hujjatlarini tiklaşga amaliy yordam körsatilyapti.













