Toşkent şahri Sergeli tumanidagi omborxonada kuçli portlaş oqibatida yirik yonğin röy berdi. Özbekiston FVV vaziyat yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi.

«Bugun, 28 sentabr kuni soat 02:43 da Toşkent şahar Sergeli tumani «Quruvçilar» dahasida joylaşgan omborxonalarning birida kuçli çaqnaş oqibatida yonğin sodir bölganligi töğrisida FVBga xabar tuşgan. 

Şunga köra, 16 ta yonğin-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa röy bergan hududga yetib borib, hozirda yonğinni öçiriş işlari amalga oşirilmoqda.

Yonğin oqibatida fuqarolarni tan jarohati oliş va halok böliş holatlari böyiça hozirça ma’lumot kelib tuşmadi.

Hodisa yuzasidan qöşimça ma’lumot taqdim etiladi», deyilgan xabarda.

  • FVV yonğin soat 05:02 da qurşab olingani, yonğin maydoni qisqartirilib borilayotgani haqida xabar berdi. 

FVV Sergeli tumanidagi hodisa «Samolyot qulaşi oqibatida sodir bölgani» haqidagi xabarlarni qat’iyan rad etgan.

«Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi hodisa «Samolyot qulaşi oqibatida sodir bölgan» mazmunidagi feyk xabarlar tarqalmoqda. Bu mutlaqo haqiqatga töğri kelmaydi.

Yonğin hodisasi «Inter Logistics» MÇJga qaraşli omborxonada sodir bölgan», deyilgan xabarda.

Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lum qilişiça, portlaş oqibatida jarohatlanganlar Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toşkent viloyati filialiga olib kelingan.

«Hozirga qadar ular orasida öta oğir tan jarohati olganlar yöq. Ayni paytda şifokorlar tomonidan jabrlanganlarga barça kerakli tibbiy yordam körsatilmoqda», deyiladi xabarda.