Şu yilning 19-26 sentabr kunlari Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasining 78-sessiyasi umumiy muhokamasi doirasida silga qarşi kuraş böyiça yuqori darajadagi yiğiliş bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uşbu format soğliqni saqlaş sohasidagi davlat, hukumat rahbarlari va vazirlar iştirokidagi yirik xalqaro tadbir bölib, silga qarşi kuraşda örta muddatli istiqbolga möljallangan global vazifalarning strategik maqsadlarini aniqlaşga qaratilgan. 

Yuqori darajadagi yiğilişning birinçi yalpi sessiyasini Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Amrullo Inoyatov olib bordi. 

Tadbir yakunida a’zo davlatlar Özbekiston va Polşa muvofiqlaştiruvida işlab çiqilgan siyosiy deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildi. 

Hujjatda 2030 yilgaça silga qarşi global epidemiyaga barham berişni jadallaştiriş böyiça aniq vazifalar örin olgan. 90 million aholini sifatli davolaş va profilaktika tadbirlari bilan ta’minlaş rejalaştirilgan. Uşbu jarayonda, 2023-2027 yillarda, şu jumladan 4,5 million bolalar, 1,5 million doriga çidamli sil bilan kasallangan bemorlar qamrab olinadi. A’zo davlatlar sil kasalligini global moliyalaştirişni 2027 yilga borib yiliga 5,4 milliard dollardan 22 milliard dollargaça va 2030 yilga borib esa 35 milliard dollargaça, ya’ni hozirgi darajadan tört baravardan köproqqa oşiriş majburiyatini oldi.