-66 kg vazn toifasida yurtimiz şarafini himoya qilgan Artyom Şturbabin finalda jarohat olganiga qaramay eronlik Majid Barimanlouni doğda qoldirib çempionlikni qölga kiritdi.

-52 kg vazn toifasida  hamyurtlarimiz Hilola Ortiqboyeva va Sitora Elmurodova finalga yöl oldi. Hal qiluvçi bahsda Özbekiston milliy jamoasining ikki nafar vakili özaro töqnaş kelişdi. Qiziqarli bahs Ortiqboyevaning ğalabasi bilan yakunlandi. Elmurodova esa musobaqaning kumuş medaliga sazovor böldi.

+90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Muhsin Hisomiddinov finalda turkmanistonlik Tejyen Tejyenovdan ustun kelib, ikki karra Osiyo öyinlarining ğolibiga aylandi. Hisomiddinovning oltin medali delegatsiyamiz uçun Hangjou-2022dagi 10-oltin medal böldi.

Şu tariqa, Özbekistonning Osiyo Öyinlari-2022dagi jami medallari soni hozirça 36taga yetdi va jamoamiz umumjamoaviy medallar jamğarmasida Hindiston hamda Tailandni ortda qoldirib, yana 4-öringa kötarildi. Vakillarimiz hisobida 10ta oltin, 11ta kumuş va 15ta bronza mavjud.