Özini mustaqil deb e’lon qilgan «Toğli Qoraboğ Respublikasi» öz mavjudligini töxtatadi. Tegişli farmon 28 sentabr kuni uning «prezidenti» Samvel Şahramanyan tomonidan imzolagan. Hujjatga köra, Qoraboğdagi barça davlat muassasalari va taşkilotlar 2024 yil 1 yanvarga qadar bölgan muddat içida tarqatib yuborilişi kerak. TQR 1991 yildan buyon mavjud edi. Respublikani BMT a’zosi bölgan biror davlat, jumladan öttiz yil mobaynida uşbu hududga harbiy va iqtisodiy yordam körsatib kelgan Armaniston ham tan olmagan.

Bokudagi sud «Toğli Qoraboğ Respublikasi»ning sobiq davlat vaziri, 27 sentabr kuni çegarada qölga olingan milliarder Ruben Vardanyanni hibsga oliş töğrisida hukm çiqardi. U qölga olinganidan keyin Bokuga olib borilgandi, keyin esa unga nisbatan terrorizmni moliyalaştiriş, qonunda közda tutilmagan qurolli tuzilmalar yoki guruhlar tuziş va faoliyatida iştirok etiş hamda davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş böyiça ayblovlar qöyilgan. Ozarboyjon tergovçilari talqiniga köra, Vardanyan ölim va boşqa oğir oqibatlarga olib kelgan reydlar ötkazgan noqonuniy qurolli guruhlar faoliyatini taşkil etgan hamda moliyalaştirgan. U kamida 12 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Qoraboğ armiyasining sobiq qömondoni, general-leytenant Levon Mnatsakanyan ham 29 sentabr kuni Armanistonga ketişga uringanida Ozarboyjon harbiylari tomonidan qölga olindi.

Tan olinmagan «Toğli Qoraboğ Respublikasi»ning sobiq taşqi işlar vaziri, prezident maslahatçisi David Babayan esa Ozarboyjon hukumatiga taslim bölişga qaror qildi. Öz sahifasida yozişiça, u Ozarboyjonning qora röyxatida bölgan va rasmiy Boku «tegişli tekşiruv ötkaziş» uçun uni Ozarboyjon poytaxtiga kelişini talab qilgan. «Bugun Şuşaga borişga qaror qildim. Bu qaror, tabiiyki, eng avvalo, yaqinlarimga katta oğriq, xavotir va stress tuğdiradi, lekin ular tuşunişlariga işonaman. Mening bormasligim jafokaş xalqimizga, juda köp kişiga yanada jiddiyroq zarar yetkazişi mumkin. Men halol, mehnatkaş, vatanparvar va xristian sifatida bunga yöl qöya olmayman», degan u.

Qoraboğ hududini u yerda yaşab kelgan armanlarning yarmidan ortiği tark etib ulgurdi. Armaniston boş vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan 28 sentabr kuni bergan ma’lumotga köra, Armanistonga 68 386 kişi kirib kelgan (Qoraboğdagi arman aholisi soni 120 mingga baholanardi). Mamlakat hukumati oldindan tayin bölgan yaşaş joyiga ega bölmaganlarni uy-joy bilan ta’minlaşga va’da bergan. Boş vazir Nikol Paşinyan yaqin vaqtlar içida Qoraboğda armanlar qolmasligini aytgan. U Ozarboyjonni «etnik tozalaş akti» ötkazişda ayblagan. Ozarboyjon TIV bunga javoban armanlar hududni tark etişga qaror qilişiga Bokuning heç qanday aloqasi yöqligini bildirgan, şuningdek, armanlarni yaşaş joyini tark etmaslikka va köp millatli respublika tarkibiga kirişga çaqirgan.