Janubiy Amerikadagi dunyoning eng yirik havzaga ega daryosi bölmiş Amazonka butun mintaqa hayotiga katta ta’sir körsatadi. Haddan taşqari issiq harorat va qurğoqçilik tufayli Amazonkaning özi, uning irmoqlari va uşbu daryo bilan boğliq köllardagi suv sathi kuzatuvlar tarixidagi eng past darajaga tuşdi. Sayozlik va suv harorati oşişi Tefe kölida baliqlar va yuzlab delfinlar yoppasiga nobud bölişiga olib keldi. Suv sathi pasayişi daryoda kemalar qatnovini ham qiyinlaştirmoqda, Amazonka yoqasida yaşab kelgan va asosiy daromad manbayi baliqçilik bölgan odamlar esa oğir ahvolda qolgan. Quyida dunyodagi eng yirik daryodagi qurğoqçilik va sayozlik oqibatlari aks etgan suratlar. Olimlarga köra Amazonkada röy berayotgan holat, katta ehtimol bilan, inson omili tufayli röy berayotgan global iqlim özgarişi körinişlaridan biri sanaladi.

Amazonka daryosining Braziliyaning Manakapuru şahri yaqinidan ötgan qismida turgan kema. Daryo sayozlaşgani tufayli, faqat suv transporti orqali yetib boriş mumkin bölgan ayrim aholi yaşaş manzillari taşqi dunyo bilan aloqani yöqotgan. 2023 yil 27 sentabr
Edmar Barros / AP Photo / Scanpix / LETA
Amazonka havzasida, Braziliyaning Manaus şahri yaqinida joylaşgan, qurib borayotgan Aleyşo kölining yuqoridan körinişi. 2023 yil 30 sentabr
Raphael Alves / EPA / Scanpix / LETA
Suv sathi pasayişi va natijada suv resurslari kamayişi, boşqa narsalar qatori, aholining katta qismi baliq ovlaş bilan kun köruvçi mintaqa uçun oğir iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Aleyxo köli, Braziliya, 2023 yil 30 sentabr
Raphael Alves / EPA / Scanpix / LETA
Suv sathi şunçalik pasayib ketganki, Amazonka havzasidagi Rio-Negro daryosida qayiqlar va turar joy vazifasini ötagan barjalar quruqlikka çiqib qolgan. Manaus, Braziliya, 2023 yil 29 sentabr
Bruno Kelly / Reuters / Scanpix / LETA