BMT missiyasining 2 oktyabr kuni e’lon qilingan hisobotiga köra, Qoraboğda Ozarboyjonning harbiy amaliyoti va tan olinmagan respublika aholisining ommaviy migratsiyasidan keyin 1000 dan ortiq etnik armanlar qolmoqda. «Jamoa suhbatdoşlaridan Qoraboğ hududida 50 dan 1000 gaça etnik armanlar qolganini eşitdi», deyiladi hujjatda. BMTning Ozarboyjondagi doimiy koordinatori Vladanka Andreyeva boşçiligidagi missiya 1 oktyabr kuni Qoraboğga 30 yil içida ilk bor taşrif buyurdi.
BMT xodimlari Agdamdan Xonkandigaça borgan. Qayd etilişiça, Xonkandining ular borgan qismlarida fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, şifoxonalar, maktablar va turar joy binolari, madaniy va diniy obidalarga heç qanday zarar yetkazilmagani aniqlandi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti rasmiylariga otaşkesimdan buyon tinç aholiga nisbatan zöravonlik holatlari haqida heç qanday xabar kelmadi.
3 oktyabr kuni Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan mamlakatga Qoraboğdan 100 625 etnik arman kirib kelganini ma’lum qildi. Mojaro boşlanişidan oldin respublika aholisi 120 ming kişiga baholangan edi.
Qoraboğ sobiq rahbarlarining qölga olinişi
Bokuning Qoraboğda «konstitutsiyaviy tuzumni tiklaş böyiça» harbiy operatsiyasi 19 sentabrda boşlandi. Ertasi kuni öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişildi va 28 sentabrda tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublikasi «prezidenti» Samvel Şahramanyan 2024 yil 1 yanvardan uning mavjudligini tugatiş töğrisidagi farmonni imzoladi.
3 oktyabr kuni Ozarboyjon Davlat xavfsizlik xizmati Qoraboğning ikkinçi «prezidenti» va «taşqi işlar vaziri» Arkadiy Gukasyan, respublikaning uçinçi «prezidenti» Bako Saakyan va «milliy assambleya raisi» David Işxanyanni qölga oldi. Ozarboyjonning APA agentligiga köra, ular Bokuga olib ketilgan va «jinoiy harakatlari uçun»da sud qilinadi.
29 sentabr kuni Ozarboyjon xavfsizlik kuçlari Qoraboğning sobiq «armiya qömondoni» Levon Mnatsakanyanni, ertasi kuni esa Qoraboğ «prezidenti»ning sobiq yordamçisi David Babayanni uşladi. Öşa kuni Ozarboyjon sudi respublika «sobiq davlat vaziri» Ruben Vardanyanni tört oyga qamoqqa oldi.













